Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy sharoitidagi asosiy muammolardan biri bu korrupsiyadir. U nafaqat pul mablag‘larini o‘zlashtirish va pora olishda, balki “qo‘ng‘iroq huquqi” kabi shaklda ham o‘zini namoyon qilishi mumkin. 

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti “Qo‘ng‘iroq huquqi” nima ekanligi va uning iqtisodiyotga ta’siri haqida ma’lumot berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

 

“Qo‘ng‘iroq huquqi” — bu shaxsiy vakolat va egallab turgan lavozim imkoniyatlaridan foydalangan holda, muammoni hal qilishda mavjud bosim vositalaridan foydalanish. 

Buyruqlar rasmiy ravishda tegishli bo‘lmagan tashkilotlarga “diagonal yo‘nalishda” beriladi va bo‘ysunishdan bosh tortganlar esa xizmat mukofotlaridan, ba’zan esa martabalaridan mahrum bo‘lishlari mumkin.

“Qo‘ng‘iroq huquqi” turli sohalarda mavjud va umumiy iqtisodiyot uchun ham, alohida korxonalar uchun ham turli oqibatlarga olib keladi. 

Bu holat lobbichilik, nepotizm, favoritizm va boshqa shu kabi tushunchalarni o‘z ichiga olishi mumkin.

“Qo‘ng‘iroq huquqi” yoki uning nepotizm ko‘rinishidagi shakli inson kapitalining rivojlanishiga to‘sqinlik qilib, iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir etadi. 

Iqtisodchi Marsello Perez-Alvarez va Holger Strulik o‘z tadqiqotida mehnat bozorida “Qo‘ng‘iroq huquqi”ga duch kelgan tashkilotlar inson kapitaliga sarmoya kiritishda zaif iqtisodiy motivatsiyaga ega ekanligini aniqlagan.  

Favoritizm va qarindosh-urug‘chilik rahbarlik lavozimlari uchun sog‘lom raqobatda to‘sqinlik qiladi. 

Bundan tashqari bu samaraliroq xodimlarning martabasi oshmasligiga va oqibatda “aqlning” mamlakatdan chiqib ketishiga sabab bo‘ladi. 

Korrupsiya har qanday shaklda iqtisodiy o‘sishga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 2019-yilda iqtisodchi Klaus Grundler va Niklas Potrafke korrupsiya darajasi 1 standart birlikka o‘sishi, uzoq muddatli istiqbolda aholi jon boshiga real YIM 17 foizga kamayishiga olib kelishini isbotlagan.

Avvalroq Rossiyadagi vaziyat O‘zbekistondagi narxlar o‘sishiga qanday ta’sir qilishi ma’lum bo‘lgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Putinparast raqqos Toshkentda urushga chorlovchi qo‘shig‘i uchun senzura qilinganini aytmoqda. O‘zi nima bo‘lgandi?
Dunyo
Ganjani vayron qilgan 11 ballik zilzila, Gutenberg chop etgan ilk kitob, Suriyada harbiy operatsiya boshlagan Rossiya qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 30-sentabr
Dunyo
Rossiya Zaporojye va Xerson viloyatlari mustaqilligini tan oldi