Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

2022-yil 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Belarus Respublikasi hukumati o‘rtasida Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi bitim kuchga kiradi, deb xabar bermoqda Dunyo axborot agentligi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Shartnoma va huquq boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur xalqaro shartnoma 2019-yil 1 avgustda Minsk shahriga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif doirasida imzolangan. Mazkur bitimning 3-moddasiga muvofiq, tomonlar o‘z davlati hududida boshqa tomon davlati investorlariga investitsiyalarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni rag‘batlantiradi va yaratadi. Shuningdek, bunday investitsiyalarning kiritilishiga o‘z davlati qonunchiligiga muvofiq ruxsat beradi.

Har bir tomon investorlarning investitsiyalariga boshqa tomon davlati hududida o‘zgarmas tarzda adolatli va teng huquqli rejim, shuningdek, to‘liq va tegishli huquqiy himoyani taqdim qiladi. Tomonlar o‘z davlati hududida boshqa tomon davlati investorlarining investitsiyalarini boshqarish, saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni tasarruf etishga asossiz yoki kamsituvchi choralar ko‘rish orqali to‘sqinlik qilmaslik majburiyatini oladi.

2022-yil 20-iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida” qarorining 2-bandi bilan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Putin prezidentlikdan ketsa, uning lavozimiga kim da’vogarlik qilishi mumkinligi ma’lum qilindi
Mahalliy
Qashqadaryoda tuman elektr tarmoqlari korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi
Dunyo
Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-okta...