Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSH Ukrainaga 1 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini ajratmoqda, u harbiy mahsulotlarning eng yirik bir martalik yetkazmasi bo‘ladi, deb yozadi “RBK”.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

Ukrainaga HIMARS baravar o‘t ochish tizimlari uchun raketalar, NASAMS zenit-raketa majmualari uchun o‘q-dorilar, 50 ta M113 zirhlangan tibbiy transport vositalarini, shuningdek, artilleriya o‘q-dorilari, mingta FGM-148 Javelin ko‘chma tankka qarshi majmualar, dorilar va portlovchi moddalarni yetkazib berish rejalashtirilmoqda.

Ushbu paket yetkazilgach, AQSHning Ukrainaga harbiy yordamining umumiy hajmi 2022-yil fevralidan buyon 9,8 milliard dollargacha, 2014-yildan buyon esa 11,8 milliard dollargacha yetadi.

Shuningdek, Pentagon vakili ma’lum qilishicha, Ukrainaga F-16 qiruvchilarini yetkazib berish imkoniyatlari yuzasidan yakuniy tahlil hali tayyor emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu variant yaqin istiqbolga taalluqli emas.

AQSH Harbiy-havo kuchlari shtabi boshlig‘i general Charlz Braun 21-iyul kuni Ukraina G‘arb mamlakatlaridan to‘rtinchi avlod zamonaviy qiruvchilarini olishi mumkinligini aytgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi