Moskvada kamida 13 kishi kanalizatsiya qudug‘iga tushib ketdi, deb yozadi Meduza.
Kanalizatsiya shaxtasida suv sathi keskin ko‘tarilib ketishi oqibatida undan chiqa olmay qolgan uch nafar ishchi halok bo‘ldi.
Ishchilar Lyublino tumanida kanalizatsiya kollektorida tozalash ishlarini olib borayotgan bo‘lgan. Brigada oqova suv quvurlarini tozalayotgan vaqtda yomg‘ir boshlanib, suv sathi ko‘tarilgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, kanalizatsiya qudug‘ida kuchli bosim tufayli devor qulab tushgan.
Moskva meriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, besh kishi kollektordan mustaqil chiqib olgan, yana besh kishini qutqaruvchilar olib chiqqan.
Uch kishining jasadi esa qutqaruvchilar tomonidan keyinroq topildi.
Ayni paytda ishchilar bilan yuz bergan voqea yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Moskva prokuraturasi jinoiy ta’qib boshladi.