Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

“Qodirxon” serialidagi roli orqali tanilgan aktyor Davron Asqarov unashtirilganini ma’lum qildi.

“Eldido” guruhi navbatdagi “O‘zim bormanku” nomli taronasiga ishlangan videoklipni muxlislariga namoyish qildi.

Mashhur o‘zbek aktyorlari va aktrisalari ishtirokidagi “Yur muhabbat” serialining Turkiyada suratga olinayotgan kadrlari e’lon qilindi.

Xonanda Dilso‘z sahifasiga yangi suratini joyladi va muxlislariga kuni xayrli o‘tishini tiladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

“Qalpoq” kulgi jamoasi xonanda Jaloliddin Ahmadaliyevning “Yor bizdan ketdi” taronasiga ishlangan “Bojam uydan ketdi-ketdi” parodiyasini namoyish qildi.

Aktrisa Shahzoda Matchonova yangi surati bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Xonanda Ozoda Nursaidova Turkiyada tushgan yangi suratini muxlislariga namoyish qildi. U biror kimni xursand qilish uchun soxta tabassum qilmasligi haqida gapirgan.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Aktrisa Asal Shodiyeva yangi obrazda obunachilariga ko‘rinish berdi.

Xonanda Imron bir nechta kliplardagi partnyori aktrisa Durdona Qurbonova bilan yana tortishib qoldi.

Shahzoda yangi surati bilan ko‘rinish berdi, obunachilariga baxtsizlikning o‘rni baxt bilan almashishi haqida gapirdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Bir qancha xit taronalar ijrochisi Munisa Rizayevaning muxlislari unga juda katta guldasta sovg‘a qildi. Xonanda bu guldastaning go‘zalligini va muxlislariga o‘z rahmatini aytgan.

Xonanda “G‘iybat bo‘lib qolmasin” nomli ko‘rsatuvda “Jonginam” taronasining cover talqinini jonli ijroda kuyladi.

Aktrisa Zarina Nizomiddinova sahifasiga yangi suratini joyladi va muxlislarining har bir izohini o‘qishini, bu yoqimli ish ekanini aytdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

O‘zbek estradasida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan yosh xonandalardan biri Yorqinxo‘ja Umarov 7-avgust sanasida 30 yoshni qarshi oldi.

Aktyor, teleboshlovchi Rixsitilla Abdullayev yangi suratini muxlislariga ko‘rsatdi va tabassum yaxshi qurol ekanini, u muammolardan qutqarishini, sukut esa ularning paydo bo‘lmasligiga yordam  berishini aytdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Nilufar Usmonova bir kunini sog‘ligiga e’tibor berish uchun ajratdi va turli xil tekshiruvlardan o‘tib sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etdi.

Luiza Rasulova yangi surati bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva kuni  “Egizaklar” serialini suratga olish jarayonlarida ishtirok etish bilan boshlanganini aytdi va muxlislaridan serialda uning egizagi rolini kim o‘ynashi haqida so‘radi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Aktrisa yangi fotosessiya jarayonida tushgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.

Qashqadaryodagi to‘y xizmatlarining biridan qaytayotgan xonanda Hosila Rahimova Samarqandda aktrisa Zuhra Soliyeva bilan kutilmaganda uchrashib qoldi.

Bundan tashqari Hosila Rahimova xizmat qilgan to‘yda boshlovchi baxshi yo‘nalishida gapirdi.

Xonanda Hulkar Abdullayeva yangi suratini namoyish qildi va muxlislariga kuni xayrli, maroqli o‘tishini tiladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Yulduz Usmonova to‘y xizmatlariga tayyorlanayotgani aks etgan videoni obunachilariga namoyish qildi.

Aktrisa Ra’no Shodiyeva Turkiyaning Istanbul shahridan ko‘rinish berdi va u yerda turklar oilaviy tabiat qo‘yniga chiqishi aks etgan videoni obunachilariga ko‘rsatdi.

Ra’no Shodiyeva sahifasiga yangi suratini joyladi va muxlislariga biroz jim bo‘lib atrofidagi tovushlarni eshitmoqchi ekani haqida gapirdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Aktrisa farzandi Amirxon bilan birga tushgan videosini ham muxlislariga ko‘rsatdi va uning ko‘p gapirishi haqida aytdi.

Xonanda Hilola Hamidova yangi surati bilan muxlislariga ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Mahoratli raqqosa Iroda Ismoilova to‘y xizmatlarining birida xonanda Farhod Saidov bilan birga xizmat qilganini muxlislariga ko‘rsatdi.

Xonanda Malika Ravshanova yangi suratini obunachilariga ko‘rsatdi va o‘zini juda baxtli his etishini, buning sababi esa hech kimdan hech narsa kutmasligi ekanini aytdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Xonanda Lola fotosessiya jarayoniga tayyorgarligi aks etgan videoni muxlislariga ko‘rsatdi.

“Mitti.vine”ning asoschilaridan biri Farhod Mannopovning tug’ilgan kunida uning do‘stlari va hamkasblari kutilmagan sovg‘a tayyorladi.

Kaniza shaxsiy brendi ostidagi atirlarning dunyo bo‘ylab topish mumkin ekanini va ushbu atirning hidini ham o‘zi tanlaganini aytdi.

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Afg‘onistonda urush boshlagan AQSH, dispetcher xatoligi sabab qulagan samolyot va Putinning tug‘ilgan kunida o‘ldirilgan faol jurnalist. Kun xronologiyasida 7-okta...
Dunyo
“Ham Moskva, ham Kiyev bilan faqat men ochiq muloqot qilyapman”. Erdo‘g‘on Putin bilan qo‘ng‘iroqlashish rejasini ma’lum qildi
Mahalliy
Surxondaryodagi bog‘chada 4 yoshli bola vafot etdi