Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Xonanda Sardor Toirov otasi bilan tushgan suratini e’lon qildi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Java’ning “Dunyo sening tog‘angmas” qo‘shig‘i internet platformalaridan o‘chirib tashlandi. Xonanda qo‘shiq o‘g‘irlanmaganini, bu tuhmat, yolg‘on ekanini, qo‘shiq unga tegishli ekani, faqatgina taronadagi bit qismini ukrainalik boladan sotib olganini aytgan.

Aktrisa Muyassar Berdiqulova yangi fotosessiyasini muxlislariga namoyish qildi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

“Aristokratlar” kulgi jamoasining a’zosi Obidjon Nasriddinov uylandi. Uning to‘yida o‘zbek shou-biznesining taniqli vakillari ishtirok etdi. Aktyorning hamkasblari va xonanda Yorqinxo‘ja Umarov unga baxt tilagan.

“Aktyor” loyihasida ham ishtirok etgan Obidjon Nasriddinov turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini sahifasiga joyladi. U turmush o‘rtog‘ining yuzini stiker bilan berkitilgan holatda ko‘rsatgan.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Ziyoda farzandlari bilan tushgan videosini e’lon qildi va qaynotasi, qaynonasining unga, farzandlariga qilayotgan g‘amxo‘rliklari haqida gapirdi.

Dilnoza Kubayeva yangi surati bilan ko‘rinish berdi va muxlislariga kibrlanmaslik kerakligini aytdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Aktrisa Muqaddas Sa’dullayeva farzandlari bilan tushgan videosini e’lon qildi va o‘g‘li Abubakrni tog‘avachchasi Habibulloh kasalxonaga olib borganini aytdi.

Asal Shodiyeva yangi suratini muxlislariga namoyish qildi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Teleboshlovchi, aktrisa Sitora Farmonova to‘yda shirin qizaloq bilan raqsga tushgani aks etgan videoni obunachilariga ko‘rsatdi.

Rayhon turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov bilan Turkiyada joylashgan Sulaymon jome masjidida tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Xonanda Nilufar Usmonova oltinchi marta homiladorligi haqidagi mish-mishlarning yolg‘on ekanini, bu holatga kelishiga yog‘li ovqatlarni iste’mol qilgani sabab bo‘lganini aytdi.

Oybek va Nigora duetining a’zosi Nigora yangi suratini namoyish qildi va odam ajratishni yomon ko‘rishini, pul qo‘ldan ketuvchi narsa ekanini aytdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Xonanda Nilufar Usmonova ikkinchi qizalog‘i Safiyaning tug‘ilgan kunini nishonladi. Uning buvisi Yulduz Usmonova ham nevarasini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Aktrisa Zarina Nizomiddinova sahifasiga o‘g‘li Saidumar bilan tushgan suratini joylashtirdi va unga Issiqko‘l yoqayotgani haqida aytdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Kaniza yangi suratini sahifasidagi obunachilariga ko‘rsatdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Aktyor Uchqun Tillayevning hamkasblari uning o‘g‘liga baxt tiladi. To‘yda aktrisa Ra’no Yarasheva so‘zga chiqib, yoshlarni oila qurgani bilan tabrikladi.

Iroda Ismoilova sahifasiga yangi suratini joyladi va hayotdagi ba’zi so‘rovlarni rad etishni o‘rganmaslik o‘z hayotiga egalik qila olmaslikning bir belgisi ekanini aytdi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Ozoda Nursaidova yangi suratini muxlislariga ko‘rsatdi va hayotdagi harakatlar orqali insonlar qanchalik qadrlashini, qo‘ng‘iroqlar orqali ular qanchalik muhtojligini bilish, faqat vaqt o‘tishi bilan inson kimga kerakligini anglash mumkinligini aytgan.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Mavzuga doir: 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar sayohat uchun ko‘proq qaysi davlatlarga borayotgani ma’lum qilindi
Dunyo
Ijevskdagi maktabda yuz bergan otishma qurbonlari soni 17 kishiga yetdi
Sport
Millatlar Ligasida uchinchi yarim finalchi nomi ma’lum bo‘ldi