Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Fransiya futbol federatsiyasi Kristof Galtening “PSJ” bilan shartnomasini tasdiqlamadi.

Foto: Getty Images

Bunga UEFA Pro litsenziyasi bilan bog‘liq muammo sabab bo‘lgan.

55 yoshli mutaxassis iyul oyida Parij klubini qabul qilib olgan edi. Murabbiy undan oldin “Nitssa”da faoliyat olib borgan.

“Kristof Galte milliy texnik direktorga ta’lim olish majburiyati haqida murojaat qilishi kerak”, — deya futbol o‘qituvchilari va murabbiylari komissiyasi yig‘ilishi bayonnomasidan iqtibos keltiradi L’Equipe nashri.

Murabbiy Pro litsenziyasini olishi va uni har 3 yilda yangilab turishi lozim bo‘ladi.

Endi Galte imkon qadar tezroq talablarni bajarish bo‘yicha yozma murojaat bilan federatsiyaga murojaat qilishi kerak bo‘ladi.

Xabarga ko‘ra, Fransiyadagi boshqa professional klublarning barcha murabbiylari orasida Liga 2 vakili “Sosho” jamoasi yordamchi murabbiyi Jerom Monyeda ham xuddi shunday qarz mavjud.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Bunday shaxslarning O‘zbekistonga kirishini umrbod taqiqlash kerak”. Alisher Qodirov boshqa davlatning harbiy harakatiga yollanadiganlar haqida
Madaniyat
51 yoshli xonanda Nargiz Zokirova farzand kutmoqda (foto)
Mahalliy
“Farzandlariga moddiy yordam ajratiladi, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashiladi”. Farg‘onadagi zavod vafot etgan xodimi bolalarini o‘z qaramog‘iga oldi