Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi viloyat 2-sonli asab-ruhiy kasalliklar dispanserida ayrim bemorlar yerda uxlayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi videodagi holatga izoh berdi.

“Aniqlanishicha, mazkur videotasvir 2022-yil 4-iyul kuni Kitob tumanidagi viloyat 2-sonli asab-ruhiy kasalliklar dispanseri bolalar bo‘limi navbatchi sanitarkasi Muqaddas Xo‘jmatova tomonidan tasvirga olinib, muassasa bosh shifokoriga Telegram orqali taqdim etilgan.

Foto: Videodan kadr

Foto: Videodan kadr

2022-yil 5-iyul kuni dispanser jamoasining umumiy yig‘ilishida mazkur holat muhokoma qilinib, bemorlarning o‘z o‘rniga yotishini ta’minlamasdan, nazoratsiz qoldirgan to‘rt nafar xodimga mehnat qonunchiligiga asosan intizomiy chora ko‘rilgan. Yig‘ilishda bunday holat boshqa takrorlanmasligi bo‘yicha zarur choralar belgilangan.

Shuningdek, shu guruhda yuqoridagi foydalanuvchi tomonidan dispanserda qo‘li shikastlangan bemor ayolga tibbiy yordam ko‘rsatilmaganligi, u gipssiz yurganligi qayd etilgan.

57 yoshli bemor ayol E.S. dispanserda ‘D’ hisobda turadi. Ikkinchi guruh nogironi, 2022-yil 1-apreldan hozirgi kunga qadar bu muassasada yotib, davolanib kelmoqda. 2022-yil 3-iyun kuni yiqilib tushgan. Shu kuni chap qo‘l kaft sohasi rentgen qilinib, travmatolog shifokorga ko‘rsatilgan. Chap qo‘l to‘rtinchi barmoq o‘rta falangasining yopiq sinib siljishi tashxisi qo‘yilgan. Bemorga mutaxassis tomonidan tegishli muolajalar qilingan.  2022-yil 27-iyun kuni bemorning qo‘li qayta rentgen qilinib, travmatolog shifokor nazoratidan o‘tkazilgan. Suyaklari bitganligi sababli bog‘lov yechilgan. Hozirda bemorning ahvoli qoniqarli”, — deyiladi rasmiy munosabatda.

Qo‘shimcha qilinishicha, dispanser binosi 2021-yil aprelda foydalanishga topshirilgan. 150 o‘ringa ega bo‘lgan muassasada bemorlarning davolanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Boshqarma axborot xizmati O‘zbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami to‘g‘risida”gi qonunida ruhiyati buzilgan bemorlarni ularning o‘zi hamda qonuniy vakilining ruxsatisiz  foto, video yoki kinotasvirga olish mumkin emasligini eslatgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Mahalliy
Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli t...
Dunyo
Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin