• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentda “uchastkavoy” qashqadaryolik qizning nomusiga teggani aytildi. IIB xodimi esa bu ularning xohishi bilan bo‘lganini bildirdi (video)

    Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yunusobod tuman IIB xodimi, profilaktika inspektori H.O.qashqadaryolik 20 yoshli qizning nomusiga teggani aytilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga murojaat qilgan jabrdiyda U.X. ma’lum qildi.

    Ma’lum bo‘lishicha, voqea 2021-yilning avgust oyida qizning Toshkent shahrida vaqtincha yashab kelgan xonadonida sodir bo‘lgan.
    Toshkentga o‘qishga kirish niyatida kelgandim. O‘qishga kirolmagach, oilaviy sharoitimizni inobatga olib, ishlashga qaror qildim va 2021-yilning avgust oyidan Yashnobod tumanidagi kafeda ish boshladim. Ish davomida kafe xo‘jaynining “uchastkavoy” bo‘lib ishlovchi o‘g‘li bilan tanishib qoldim. Kafe ularniki bo‘lgani uchun deyarli har kuni H.O. bilan uchrashardik. Shunday kunlarning birida yigit menga sevgi izhor qilib, ishonchimga kirdi. Shu-shu yaqin tanish bo‘lib qoldik, — deydi murojaatchi U.X.

    Nomusi toptalganini aytayotgan qiz.

    Nomusi toptalganini aytayotgan qiz.
    Foto: “Daryo”

    Nomusi toptalganini aytayotgan qizning ma’lumot berishicha, 2021-yilning avgust oyida ijarada birga yashovchi qizlar uyda yo‘q bo‘lgan paytda tanishi, profilaktika inspektori uning yoniga kelgan.

    26 yoshli “uchastkavoy” tanishim uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, meni zo‘rladi. Qarshilik ko‘rsatishimga qaramay, kuch ishlatib, nomusimga tegdi. Voqeadan so‘ng bu haqda prokuraturaga murojaat qilaman deganimda, menga uylanishini aytdi. Va barcha javobgarlikni zimmasiga oldi, — deydi voqea haqida gapirgan murojaatchi.
    U.X.ning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda uning homilasi yetti oylik.
    Homilam yetti oylik bo‘lgan bo‘lishiga qaramasdan mening murojaatlarim asossiz yopib yuborilmoqda. Mening arz-dodimga hech kim e’tibor bermayapti, — deydi nomusi toptalganini aytgan qiz.
    Murojaatchi qarindoshlaridan birining aytishicha, 26 yoshli profilaktika inspektori qizning ijarada yashovchi uyiga kelib, uyning xohishiga qarshi zo‘ravonlik ishlatgan.

    Murojaatchining qarindoshlaridan bir.

    Murojaatchining qarindoshlaridan bir.
    Foto: “Daryo”
    Qarindosh singlim bir kuni menga qo‘ng‘iroq qilib, maslahatli gapi borligini aytib, uchrashaylik dedi. Ko‘rishdik, u o‘sha paytda juda yomon holatda edi. Singlimning ko‘zlarida yosh bor edi. Nima bo‘ldi desam, Yashnobod tumanidagi kafeda ishlayotganini, kafe egasining o‘g‘li uni zo‘rlaganini aytdi. Eng yomoni zo‘ravonlik qilgan yigit Yunusobod tumanida profilaktika inspektori bo‘lib ishlaydi. Unga chora ko‘rilmayapti, barcha murojaatlarimiz yopib yuborilgan, — deydi murojaatchining qarindoshi.
    “Daryo” bilan muloqotda bo‘lgan profilaktika inspektori murojaatchi qiz gapini rad etmoqda.
    Tan olaman, haqiqatan ham o‘rtamizda yaqinlik bo‘lgan. Faqat u va mening xohishim bilan. Men unga kuch ishlatib, zo‘ravonlik qilganim yo‘q. Qolaversa, men o‘sha kungi voqeani videoga olganman. Va bu haqda prokuratura surishtira boshlagach, ularga shu videoni taqdim qildim. Videoda holat har ikki tomon xohishiga ko‘ra bo‘lgani ko‘ringan. Shu bois ham uning murojaatlari qanoatlantirilmadi, — deydi IIB xodimi.
    Profilaktika inspektorining qo‘shimcha qilishicha, qizning dunyoga keltirishi kutilayotgan farzandi unga begona.
    Bu qiz mendan avval ham mendan keyin ham boshqalar bilan yaqin munosabatda bo‘lganini yetti nafar guvohim bilan isbotlab berdim. Shu sabab u dunyoga keltirishi kutilayotgan farzand meniki ekanligiga ishonmayman, — deydi 26 yoshli IIB xodimi.
    Har ikki tomonning qo‘shimcha qilishicha, nomusi toptalganini aytgan qizning prokuraturaga qilingan murojaati 2022-yilning may oyida yopilgan.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    03.08.2022, 18:45   Izoh (0)   87747
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada zavod ishchisi ustiga benzin sepib, yoqib yuborgani aytilmoqda

    03.08.2022, 18:28

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy uch kunlik ko‘tarilishdan so‘ng pastladi

    03.08.2022, 18:06

    Senatning navbatdagi yalpi majlisida qanday masalalar ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi

    03.08.2022, 17:34

    Farg‘onadagi bog‘da arg‘imchoqli qayiq 4-sinfda o‘qiydigan qizning boshiga tegdi

    03.08.2022, 17:10

    Sirdaryoda fuqaro 8 dona patron saqlab kelgani aniqlandi. Ularning 2 tasi jangovar holatda bo‘lgan

    03.08.2022, 16:55

    O‘zbekiston eng ko‘p qayerga o‘rik sotayotgani ma’lum qilindi

    03.08.2022, 16:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.