Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Transfermarkt portali sobiq SSSR mamlakatlarining chet elda to‘p surayotgan eng qimmat futbolchilaridan iborat reytingni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Ukraina terma jamoasi va “Atalanta” klubi a’zosi Ruslan Malinovskiy eng qimmat futbolchi bo‘lib turibdi. Malinovskiyning transfer qiymati 28 million yevroni tashkil etadi.

Ikkinchi o‘rinni yaqinda “Manchester Siti”dan “Arsenal” safiga ko‘chib o‘tgan Oleksandr Zinchenko band etib turibdi. Ukrainalik futbolchining transfer narxi 25 million yevro. “Monako” futbolchisi Aleksandr Golovin 25 million yevro bilan kuchli uchlikni yakunlab bergan.

O‘zbekiston terma jamoasi va “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov esa 9-pog‘onani band etgan. Shomurodovning transfer bahosi 8 million yevro.

Sobiq SSSR mamlakatlarining eng qimmat futbolchilari:

  1. Ruslan Malinovskiy (“Atalanta”, Ukraina) — 28 million yevro;
  2. Aleksandr Zinchenko (“Arsenal”, Ukraina) — 25 million;
  3. Aleksandr Golovin (“Monako”, Rossiya) — 25 million;
  4. Vitaliy Mikolenko (“Everton”, Ukraina) — 18 million;
  5. Xvicha Kvaratsxeliya (“Napoli”, Gruziya) — 15 million;
  6. Roman Yeremchuk (“Benfika”, Ukraina) — 15 million;
  7. Georgiy Mamardashvili (“Valensiya”, Gruziya) — 10 million;
  8. Aleksey Miranchuk (“Atalanta”, Rossiya) — 10 million;
  9. Eldor Shomurodov (“Roma”, O‘zbekiston) — 8 million;
  10. Genrix Mxitaryan (“Inter”, Armaniston) — 8 million.

Foto: Transfermarkt

Foto: Transfermarkt

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
“Xudodan qo‘rqmagan odamdan qo‘rqdim”. O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov oilaviy nizolar tufayli ijara uyda yashamoqda (video)
Mahalliy
“Odamlar o‘limida o‘zimni aybdor hisoblamayman” — Nukusdagi tartibsizliklar yetakchisi Dauletmurat Tajimuratov
Mahalliy
Samarqandda o‘quvchining onasi “zamdirektor”ni kaltakladi