Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan joriy yilning 1-yarim yilligida O‘zbekiston avtomobil bozoridagi holat tahlil qilindi. Bu haqda “Review.uz” xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

2022-yilning 1-yarmida O‘zbekistonda 712 mingta avtotransport vositalari oldi-sotdisi amalga oshirilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 barobar ko‘pdir.

Yil boshidan buyon mamlakatning barcha hududlarida avtomobil savdosi sezilarli darajada oshdi.

Jumladan, eng yuqori o‘sish sur’atlari Namanganda 3 barobar (+45,4 ming), Andijonda 2,5 barobar (+32,2 ming), Buxoroda 2,4 barobar (+24,7 ming), Surxondaryoda 2,4 barobar (+23,9 ming) va Farg‘onada 2,4 barobar (+45,7 ming) qayd etildi.

Foto: “Review.uz”

Foto: “Review.uz”

O‘sishning 17 foizi davlatdagi ishlab chiqarish hajmining o‘sishi (64,4 mingta), 1 foizga yaqini importning o‘sishi (2,6 mingta) va qolgan 82 foizi ikkilamchi bozor hajmi o‘sishi evaziga to‘g‘ri keladi (308 mingta).

Birlamchi bozor

Umuman olganda, ro‘yxatga olingan avtotransport vositalari umumiy sonining 24 foizi yangi transport vositalaridir.

Birlamchi bozorda xarid qilingan avtomobillar soni 170 ming donani tashkil etgan. Undan mahalliy ishlab chiqarish – 160,3 mingta, xorijiy – 9,8 mingta, 2022-yilning shu davriga nisbatan 1,6 barobarga (+67 ming) o‘sdi.

Hududlar kesimida eng ko‘p o‘sish Toshkent shahrida 1,7 barobar (+18 ming), Farg‘ona - 1,8 barobar (+6 ming), Samarqand 1,6 barobar (+5,6 ming), Xorazm 1,8 barobar (+5,6 ming), Andijon 1,7 barobar (+4,9 ming) va Buxoro 1,7 barobar (+4,8 ming) viloyatlarida kuzatildi.

Ikkilamchi bozor

2021-yilning birinchi yarmida ikkilamchi bozorda o‘rtacha 224 ming dona avtotransport vositalari sotilgan bo‘lsa, joriy yil boshidan buyon ushbu ko‘rsatkich 542 ming donani tashkil etdi.

Foto: “Review.uz”

Foto: “Review.uz”

Avtomobillar savdosining bunday keskin o‘sishi 2022-yil 1-yanvardan boshlab avtotransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘imning, shuningdek, oldi-sotdi shartnomasini notarial tasdiqlaganlik uchun undiriladigan davlat boji to‘liq bekor qilinishi bilan bog‘liq.

Xorijiy avtomobillar savdosi

Joriy yilning 1-yarmida yangi chet elda ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari oldi-sotdi shartnomalari soni 9,8 mingtani tashkil qilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 1,5 barobarga oshgan.

Chet elda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosining 51 foizga yaqini Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi.

Foto: “Review.uz”

Foto: “Review.uz”

Hududlar kesimida bu ko‘rsatkich mos ravishda Toshkent 9 foiz, Qashqadaryo 7 foiz, Samarqand 6 foiz, Buxoro 5 foiz, Navoiy 5 foiz, Xorazm 4 foiz va Andijon 3 foiz viloyatlarida qayd etildi.

Avvalroq O‘zbekistonga eng ko‘p “inomarka’’lar qayerdan olib kelinishi ma’lum bo‘lgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Buxoroda Nexia-2 ariqqa tushib ketdi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda qancha tabiiy monopoliya borligi ma’lum qilindi 
Mahalliy
Sogʻliqni saqlash vazirining telefon raqamiga kuniga 500 dan ortiq murojaat kelib tushayotgani maʼlum qilindi