• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Jahonda asosiy oziq-ovqatlar narxlarining o‘zgarishi: buning oqibatlari va butun dunyoga ta’siri qanday?

    Bugungi kunda ko‘plab yirik eksportyor mamlakatlar tomonidan asosiy turdagi iste’mol tovarlarini eksportiga miqdoriy kvotalar yoki cheklovlar kiritish holatlari ko‘payib bormoqda. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot bermoqda.

    Foto: Bloomberg

    Foto: Bloomberg

    Bu esa jahon bozorida mahsulotlarning taklif hajmi qisqarishiga olib keldi va sotuv narxlarida ham o‘z aksini topdi.

    Xususan, Hindiston hukumati ichki bozorda shakar tanqisligini yumshatish maqsadida, shakar eksportiga cheklovlar joriy qilgani (1-iyundan 31-oktabrgacha), jahon bozorida shakar eksporti taklifini 10 mln tonnagacha qisqarishiga sabab bo‘lishi mumkin.

    Hindiston shakar ishlab chiqarish va eksport qilish bo‘yicha Braziliyadan keyin 2-o‘rinni egallagani bois shakarga cheklovlar jahon bozori narxlariga sezilarli ta’sir o‘tkazdi.

    Shu o‘rinda, jahonda oziq-ovqat va energiya resurslari narxlari oshishida cheklovlar bilan bir qatorda yetkazib berish va logistikadagi muammolarning ham roli katta bo‘lmoqda.

    Jahon yoqilg‘i, mineral o‘g‘itlar, bug‘doy, o‘simlik yog‘i, va shakar eksportining katta qismi Rossiya va Ukraina hissasiga to‘g‘ri keladi.

    Geosiyosiy holatning beqarorligi fonida Qora dengiz portlaridan yuklarni tashish imkoniyatining cheklangani Ukrainadan katta miqdorda bug‘doy va o‘simlik yog‘ini yetkazib berish bo‘yicha qiyinchiliklarga sabab bo‘lmoqda.

    Bundan tashqari, Xitoy hukumati tomonidan o‘rnatilgan qat’iy karantin choralari sababli mavjud yirik (Shanxay) port faoliyati to‘xtab qolgan. Bu esa, jahon xomashyo va tovarlar ta’minot zanjiriga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

    Yuqoridagi holatlar, fevral—aprel oylarida asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari (bug‘doy, o‘simlik yog‘i va shakar) va energiya resurslarining jahon narxlarini sezilarli darajada qimmatlashishiga olib kelgan bo‘lsa, buning O‘zbekistonga ta’sirlari may—iyun oylaridan sezila boshladi.

    FAO ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar—mart oylarida jahon bozorida asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining sezilarli darajada qimmatlashdi. Aprel—iyun oylarida esa ushbu narxlarning biroz pasaygani kuzatilmoqda.

    Jahon bozorida go‘sht mahsulotlari narxlari joriy yilning iyun oyida oylik 1,6 foizga, yillik hisobda esa 12,7 foizga oshdi.

    Narxlarning qimmatlashishiga bir tomondan, bugungi kunda yuzaga kelgan geosiyosiy vaziyat, shuningdek, shimoliy yarimsharda parranda grippining avj olishi bilan taklif omillarining qisqarishi ta’sir ko‘rsatgan.

    Ikkinchi tomondan, Xitoyning Braziliyadan go‘sht eksportiga qo‘ygan taqiqini bekor qilinishi go‘shtga talabning jonlanishiga xizmat qildi.

    Shuningdek, iyun oyida Avstraliya va Yangi Zelandiyada mol va qo‘y go‘shti zaxiralarining kamayishi bilan eksportda qisqarishlar kuzatilgan bo‘lib, bu ham mol va qo‘y go‘shti narxi oshishiga olib keldi.

    AQSHning Qishloq xo‘jaligi departamenti (USDA) ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda dunyoda mol go‘shti ishlab chiqarish 7 foizga kamayishi hamda narxlar 9,4 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda.

    Tovuq go‘shti ishlab chiqarish biroz ko‘payib (0,8 foizga), narxi 2,9 foizga pasayishi mumkin.

    Yog‘ mahsulotlari

    Ishlab chiqarishning mavsumiy ko‘payishi bilan jahon bozorida yog‘ mahsulotlari narxida pasayish qayd etildi.

    Xususan, iyun oyida oylik 7,6 foizga arzonlashgan bo‘lsa, yillik hisobda o‘sishi 34,3 foizgacha sekinlashdi. Mart oyida yillik o‘sish 58,1 foizga teng edi.

    Shu o‘rinda, kungaboqar yog‘ining jahon narxlari pasayib borishiga yirik importyorlar tomonidan talabning kamaygani, shuningdek, Indoneziyada yog‘ mahsuloti zaxiralarining ko‘payishi sharoitida bozorga taklifning ortishi bilan izohlash mumkin.

    USDA prognozlariga ko‘ra, 2022-yilda kungaboqar urug‘ini yetishtirish 8 foizga, zaxiralari esa 2,8 foizga oshishi kutilmoqda

    Bug‘doy

    2022-yilning iyun oyida don mahsulotlari narxi 4,1 foizga pasaygan bo‘lsa, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish 27,6 foizni tashkil etdi.

    Qulay iqlim sharoitlari bug‘doy hosili bo‘yicha ijobiy kutilmalar shakllanishiga xizmat qildi. Shuningdek, Ukrainadan bug‘doy importining tiklanib borayotgani jahon bozoridagi narxlarning sezilarli darajada pasayishiga xizmat qildi.

    Xalqaro tahlilchilarning iyun oyi prognozlariga ko‘ra, 2022-yilda dunyo bo‘yicha jami bug‘doy hosili kamayib, 774,8 mln tonna bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, Ukrainada bug‘doy hosili joriy yilda 35 foizga tushib, 21,5 mln tonnaga yetishi prognoz qilinmoqda.

    Dastlabki prognozlarga ko‘ra, yil davomida 1 tonna bug‘doyning o‘rtacha narxi 315-360 dollar atrofida bo‘ladi.

    Shakar

    FAO ma’lumotlariga ko‘ra, jahon bozorida shakar narxi o‘sishi qolgan mahsulotlarga nisbatan pastroq ko‘rsatkichlarda shakllandi.

    Xususan, 2022-yilning iyun oyida shakar mahsuloti narxi oylik 2,6 foizga arzonlashgan bo‘lsa, yillik hisobda o‘sishi 8,9 foizgacha sekinlashdi.

    Narxlarning sezilarli pasayishi Braziliyada yangi hosil hamda eksporti bo‘yicha ijobiy kutilmalar, Braziliya valyutasining AQSH dollariga nisbatan qadrsizlangani, shuningdek, etanol narxining pasayishi natijasida shakar ishlab chiqarish hajmi ortgani bilan izohlash mumkin.

    USDA prognozlariga ko‘ra, 2022—2023-yilgi mavsumda shakar ishlab chiqarish hajmi ko‘payib, 182,9 mln tonna (Braziliyada — 36,4 mln tonna, Hindistonda — 35,8 mln tonna) bo‘lishi kutilmoqda.

    02.08.2022, 12:16   Izoh (0)   8663
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Saudiya Arabistoni iyul oyida rekord darajada neft eksport qildi

    02.08.2022, 11:48

    O‘zbekistonda avtomobillarga bo‘lgan talab keskin o‘sdi. Avtomobil bozoridagi holat tahlili

    02.08.2022, 10:16

    Rossiyada naqd valyuta cheklovlari yana 6 oyga uzaytirildi

    01.08.2022, 22:46

    O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda inflyatsiya darajasi qanday?

    01.08.2022, 21:21

    Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi don kelishuvi global ochlikning oldini oladimi?

    01.08.2022, 19:44

    O‘zbekiston qaysi davlatlardan ko‘proq oziq-ovqat sotib olayotgani ma’lum bo‘ldi

    01.08.2022, 11:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35

    Jazirama kunlarda yuz terisini qanday parvarish qilish kerak? Kosmetolog tavsiyasi

    Go‘zallik | 12 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:13

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:00

    Surxondaryoda ikki hayvonni ovlaganlar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.