• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Voqealar rivoji bir-biriga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan mashhur filmlar (foto)

    Ba’zi filmlarni tomosha qilganingizda shu kabi sujetni yana qayerdadir ko‘rganingizni eslay boshlaysiz. Umuman olganda, aktyorlar boshqa, ekranda chizilgan personajlar, boshqalarida esa haqiqiy odamlar rol o‘ynaydi, ammo film sujetining juda ko‘p joylari baribir ham bir-biriga o‘xshab ketaveradi.

    “Pokahontas” va “Avatar”

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Jeyms Kemeronning “Avatari” Disneyning “Pokahontas” animatsion filmi bilan hayratlanarli darajada o‘xshashlikka ega, faqat uni eski bolalar multfilmini kattalar ko‘radigan varianti deb atashgan. Ikkala filmda ham sujet noma’lum yerlar manzarasida rivojlanadi, u yerda bosh qahramon kelib, mahalliy yetakchining qizini sevib qoladi. Ular o‘rtasidagi romantik munosabatlar, albatta, taqiqlangan, lekin ular qabilalar bilan birlashib, umumiy dushmanga qarshi kurashganda, ular bu dunyoda o‘z o‘rinlarini topadilar.

    “La’natlanganlar oroli” va “Muqaddima”

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Yaqindan tahlil qilsak, Leonardo Di Kaprio ishtirokidagi ikkala filmda ham qahramonlar xotinidan ayrilgani tufayli azob chekadi va ikkalasi ham hammasini tuzatish uchun syurreal missiyaga yuboriladi. Bundan tashqari, ushbu g‘alati tasodiflar tufayli kino muxlislari o‘rtasida Endryu va Dominik bir xil odammi degan mavzuda munozaralar to‘xtamaydi.

    “Yulduzlar jangi” va “Iblis himoyachisi”

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Yovuz ota noqonuniy yo‘l bilan o‘g‘lini dunyoni boshqarishga yordam berish uchun uning egri tomoniga ko‘ndirishga harakat qiladi. “Iblis himoyachisi”ni ham, “Yulduzlar jangi”ni ham tomosha qilgan bo‘lsangiz, bunday tavsifni o‘qib, beixtiyor har ikki film haqida o‘ylaysiz. Lyuk Skayuolker ham, Kianu Rivzning qahramon advokat Kevin Lomaks ham doimo ota-onalarining manipulyatsiyasi ostida qolishadi, lekin oxir-oqibat ular munosib qarshilik ko‘rsata oladi.

    “Nemoni izlab” va “Asira”

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Ikkala kartina ham turli janrda bo‘lsa-da, ammo bu sujetlarning bir-biriga o‘xshashiga to‘sqinlik qilmaydi. Ikkala holatda ham hikoyaning markazida haddan tashqari himoyalangan yolg‘iz ota paydo bo‘ladi – beva Marlin va ajrashgan Brayan. Avvaliga ularning ikkalasi ham farzandlarini haddan tashqari himoya qiladigandek tuyuladi, shuning uchun ikkisi ham boshqalar bilan muloqot qilishga qiynaladi. Biroq birining o‘g‘li va boshqasining qizi o‘g‘irlab ketiladi va umidsiz otalar o‘z farzandlarini topish hamda qutqarish uchun xavfli sarguzashtni boshdan kechiradi.

    “Olovuddin” va “Xo‘rlanganlar”

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Jan Valjan va Olovuddinning taqdiriga qashshoqlik yozilgan, yo‘qchilik bu ikkala qahramonni bir burda non o‘g‘irlashga majbur qiladi. Ularning har ikkisi ham bu jinoyatdan keyin qamoqqa tushadi, ammo eng yomoni, bir holatda inspektor Javert, boshqa holatda shoh vaziri Ja’far qiyofasidagi dushman va doimiy ta’qibchilarga aylanadi. Biroq oxir-oqibat ikkala qahramon ham raqiblarini mag‘lub qiladi.

    “Temir odam” va “Doktor Strenj”

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Stiven Strenjning hikoyasini haqli ravishda birinchi “Temir odam”ning o‘ziga xos qayta yozilgan varianti deb atash mumkin. Darhaqiqat, bosh qahramonlarning umumiy tomonlari juda ko‘p — ular ikkalasi ham juda boy, obro‘li hayotni yaxshi ko‘radi, maftunkor va shu bilan birga dahshatli darajada xudbin (albatta, hozircha). Bundan tashqari, ikkalasi ham jiddiy jarohat oladi, ikkalasi ham dardiga samarali va radikal davo izlaydi — bu jarayonda to‘laqonli super qahramonga aylanadilar.

    “Vaqt sirtmog‘i” va “Dedpul 2”

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    “Vaqt sirtmog‘i” va “Dedpul 2” bilan taqqoslaganda, qiziq o‘xshashliklar yaqqol namoyon bo‘ladi: ikkala qahramon ham insoniyatga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan g‘ayritabiiy odamlar mavjud bo‘lgan dunyoda yashaydi. Ikkala holatda ham asosiy xavf bu — bolakay, u tufayli kelajakda muammo bo‘lishi hech kimning xayoliga kelmaydi. Shu sababli qahramonlar bolani to‘xtatish uchun o‘tmishga sayohat qilishadi, lekin dilemmaga duch kelishadi va o‘zlarini qurbon qilishadi.

    30.07.2022, 17:45   Izoh (0)   26683
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kinotavsiya: bo‘sh vaqtingizni maroqli o‘tkazishga yordam beradigan yangi turk seriallari

    19.07.2022, 21:39

    Gollivud aktrisasi Kameron Dias shon-shuhrat cho‘qqisiga yetganida kinoni tark etishiga nima sabab bo‘lganini aytdi

    14.07.2022, 13:50

    “Hozir uvullavoraman”. Mashhur sovet multfilmi — “Ko‘ppak va bo‘ri”ning yaratilishi tarixi (foto)

    07.07.2022, 11:44

    Kinotavsiya: maroqli hordiq chiqarishingizni kafolatlaydigan filmlar

    06.07.2022, 21:47

    Kaan Urganjio‘g‘li, Satoko Akio, Pavel Priluchniy va o‘zbek filmlarida suratga tushgan boshqa xorijiy aktyorlar (foto, video)

    02.07.2022, 19:34

    Vudi Allen tez orada rejissorlik karyerasini yakunlashini ma’lum qildi

    30.06.2022, 13:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.