Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

O‘zbekistondagi o‘rtacha oylik ish haqi 3,5 mln so‘mni tashkil etgani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo” boshqa mamlakatlarda o‘rtacha oylik ish haqi qancha ekanligini aniqladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hisob-kitoblar davlatlarning statistika idoralari tomonidan qayd etilgan maoshlarga ko‘ra amalga oshirildi. Qulaylik uchun summalar so‘mda ko‘rsatilgan.

Markaziy Osiyo davlatlarida o‘rtacha oylik ish haqi:

  • Qozog‘iston — 6,8 mln so‘m ;
  • Qirg‘iziston — 3 mln so‘m;
  • Tojikiston — 1,8 mln so‘m;
  • Turkmaniston — 3,1 mln so‘m.

May oyiga ko‘ra, Rossiyada o‘rtacha oylik ish haqi 10,9 mln so‘mga teng.

Turkiyadagi yuqori inflyatsiya sabab maoshlar tushgan. Hozirda mamlakatning o‘rtacha oylik ish haqi — 6,1 mln so‘m.

Yaponiyada oylik maoshlar may oyida ko‘tarilib, o‘rtacha ish haqi 25,5 mln so‘mga yetgan.

Iyul oyi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHda o‘rtacha oylik ish haqi 63,9 mln so‘mga teng.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda o‘rtacha maosh eng yuqori davlat Shveysariya. Mamlakatda bu ko‘rsatkich — 81,9 mln so‘m.

Keyingi o‘rinlarda mos ravishda Lixtenshteyn (67,6 mln so‘m) va Daniya (72 mln so‘m).

Hozirda eng kam o‘rtacha oylik ish haqi Kubada hisoblanadi. Mamlakatda bu ko‘rsatkich 523 ming so‘mni tashkil etadi. Keyingi o‘rinda 916 ming so‘m bilan Kongo joylashgan.

Avvalroq O‘zbekistonning qaysi hududlarida eng yuqori maosh to‘lanishi ma’lum bo‘lgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Gitlerga maktub yozgan Gandining tug‘ilishi, maxfiy sanalgan Opus Dei tashkiloti va SSSRdagi yadroviy qurollar sinovi. Kun xronologiyasida 2-oktabr
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-oktabr kuni harorat kechasi 7 darajagacha pasayadi
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi