Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Otabekov “Zamon” informatsion-dasturiga bergan intervyusida koronavirusning kentavr varianti va uning tarqalish tendensiyasi haqida ma’lumot berdi.

Uning qayd etishicha, bu ham omikron shtammining bir turi. Kasallikning qanday nomlanishi juda katta ahamiyatga ega emas, bularning bari koronavirus.

“Kentavr shtammining yuqish tendensiyasi bir muncha yuqori. Bir vaqtning o‘zida juda ko‘p odamlarni kasallantirishi mumkin. Hatto omikronning boshqa turi bilan kasallangan odam ham ushbu virusni yuqtirib olyapti”, — deydi Otabekov.

Raqamlarga murojaat qilinsa, kasallikning kechishi deyarli hammada bir xil. 98 foiz holatda kasallik yengil kechyapti. Unga qarshi emlanganlarda asoratlarsiz o‘tyapti.

Bundan tashqari, Nurmat Otabekov kentavr variantining O‘zbekiston hududiga kirib kelgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarni inkor etmagan.

“Dunyoning istalgan nuqtasida O‘zbekiston fuqarolari bor. Ular virusning yashirin vaqtida mamlakatga kirib kelgan bo‘lishi mumkin.

Koronavirus odamlarni kasallagandan beri salkam 17 mingta mutatsiyaga uchragan variantlari paydo bo‘lgan, hammasiga ham vaksina ishlab chiqarishga ehtiyoj yo‘q. Mavjud vaksinalar, buster doza bilan emlanishning o‘zi kifoya qiladi”, — deydi u.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi