Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 18-iyul, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-26 daraja, kunduzi 39-41 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-29 daraja, kunduzi 40-45 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin.Harorat kechasi 25-30 daraja, kunduzi 40-45 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 38-43 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-29 daraja, kunduzi 40-45 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 37-42 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 30-35 daraja bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” 17—22-iyul kunlari Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi kuchayishi, ayrim hududlarda harorat 47 darajagacha ko‘tarilishini ma’lum qilgandi.
Markaz mutaxassisi Erkin Abdulahatov buni shimol Rossiyada bu issiq va past bosimli sohani mintaqadan “surib haydab yuboradigan” kuchga ega hech qanday sovuq antitsiklon oqimlari rivojlanishi uchun vaziyat mavjud emasligi bilan izohlagandi. “Bu mintaqamizdagi issiq havo to‘lqinini yanada kuchaytirib, termik depressiya jarayoniga aylanitirib yuborishini anglatadi”, — degan edi u.
Mavzuga doir:
Izoh (0)