Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Surxondaryoning Termiz shahriga 5-iyul kuni Afg‘oniston tomondan snaryadlar kelib tushgandi. Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid bu hujumni uyushtirgan jinoiy guruh qo‘lga olinganini e’lon qildi.

Uning Twitter’dagi sahifasida e’lon qilgan xabariga ko‘ra, jinoiy guruhning 3 nafar a’zosi o‘ldirilgan, 5 nafari hibsga olingan.

“Kuni kecha Qunduzning Imom Sohib tumanidagi Qanjag‘e hududida Islom Amirligi maxsus bo‘linmalari ‘Xavorijlar‘ markazini topib, yo‘q qildi. Ushbu operatsiya davomida 3 nafar xavorij o‘ldirildi, besh nafari tiriklayin qo‘lga olindi. Ularning avtomashinalari va qurollari musodara qilindi. Yaqinda ular O‘zbekiston va Tojikistonni raketa bilan o‘qqa tutgandi”, — deb yozadi Mujohid.

Eslatib o‘tamiz, snaryadlar tushganda portlashlar sodir bo‘lmagan, buning natijasida inson qurbonlari va vayronagarchiliklar kuzatilmagan. Termiz shahridagi “Majnuntol” mahallasida joylashgan to‘rtta xususiy uyga kichik zarar yetgan, beshinchi snaryad futbol maydonidan topilgan. Topilgan snaryadlar sapyor birligi tomonidan zararsizlantirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank