Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi xonadon kimoshdi savdosida sotildi. Ma’lumotlar “E-auksion” portalida e’lon qilingan.
Xonadon 7 qavatli turar joy binosining 7-qavatidan joylashgan. Uning umumiy maydoni — 236,6 kvadrat metr. Uyda suv, elektr, gaz ta’minoti va kanalizatsiya tizimi bor.
Uy fuqarolik bo‘yicha sudlar qaroriga binoan, Olmazor tumani MIB tomonidan kimoshdi savdosiga qo‘yilgan edi.
Auksionga qo‘yilgan xonadonning boshlang‘ich bahosi — 453 mln so‘m edi. Kimoshdi savdosi 7-iyul kuni bo‘lib o‘tgan.
Xonadonga berilgan narxlar o‘sib borib, yakunda boshlang‘ich bahosidan 2 barobar qimmatroqqa sotilgan — 969,7 mln so‘m.
Auksion g‘olibi sifatida Baxodir Adilxodjayev ko‘rsatilgan.
Avvalroq auksionga qo‘yilgan yer boshlang‘ich narxidan 200 barobar qimmatga sotilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)