• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Biznes

    Daladan dasturxongacha. O‘zbekistonda qovun va tarvuzlar qanday yetishtiriladi?

    Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonda qovun va tarvuzlar qanday yetishtirilishi haqida ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    2022-yilda O‘zbekistonda fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan 158 ming 894 gektar maydonga tarvuz va qovun ekinlari ekish belgilangan.

    Bugungi kunga qadar asosiy maydon, bog‘-tok qator oralari va lalmi yerlarga 114 ming 790 gektar poliz ekinlari ekilgan. 

    Ushbu maydonlardan jami 510,9 ming tonna mahsulot yetishtirildi. Shuningdek, g‘alladan bo‘shagan 30,1 ming gektar maydonga poliz ekinlari ekildi. 

    Yil boshidan beri 74,7 ming tonna qovun va 431,6 ming tonna tarvuz yetishtirilgan.

    Qovun: navlari, yetishtirish va hosilni yig‘ib olish

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Urug‘i va ko‘chatidan yetishtirish 

    Qovun yetishtirishda yuqori toifa va sinflarga mansub, navdorligi 99 foiz va unuvchanligi 90-95 foizdan kam bo‘lmagan urug‘ tanlab olinadi. 

    O‘zbekistonning markaziy qismidagi viloyatlarda qovun urug‘larini maxsus plyonka xaltachalarga ekish mart oyining dastlabki o‘n kunligida boshlanadi. 

    Janubiy viloyatlarda 10-15 kun oldin, shimoliy viloyatlarda esa 10-15 kun kech bajariladi. Shuningdek, qovunni ko‘chati orqali yetishtirish esa, undan erta hosil olishga imkon beradi. 

    Ko‘chatlar maxsus ko‘chatxonalarda tayyorlanadi. Issiqxonalar yo‘q sharoitlarda ko‘chatlarni yetishtirish uchun chuqurligi 0,8 sm, kengligi 1-1,2 metr va uzunligi ixtiyoriy ravishda xandaqlar qaziladi. 

    Xandaqlarga 15-20 sm qalinlikda chirimagan go‘ng, uning ustiga 20 sm qalinlikda elangan tuproq solinadi va polietilen plyonka tortilib har 10×10 sm orаliqda teshib chiqiladi. 

    Ochiq dalaga ekishga bir hafta qolganda ko‘chatxona darchalari ochilib, o‘simliklar tashqi muhitga chiniqtirib boriladi.

    Qovun ekiladigan yerlar 

    O‘zbekistonning barcha tuproqlari qovun o‘stirish uchun yaroqli hisoblanadi. U quyosh nuri hamisha tushib turadigan, unumdor, yengil qumoq bo‘z tuproqli yerlarda yaxshi o‘sib, sifatli yuqori hosil beradi va fuzarioz so‘lish kasalligiga kam chalinadi. O‘tloqli yerlarda esa, qovun mo‘l hosil bermaydi.

    Parvarishlash 

    Ushbu ekinni yaganalash, tuproqni yumshatish, oziqlantirish, chopiq qilish, sug‘orish, palaklarni to‘g‘rilash, begona o‘tlar va zararkunandalarga qarshi kurashish orqali uni parvarish qilinadi.

    Qovun yetishtirishni tezlashtirishning eng samarali usuli ochiq yerlarga ekinni ko‘chatdan ekishdir. 

    Qovunning yosh ildiz qismi o‘ta nozik bo‘lib, zararlanishga juda moyil bo‘ladi. Shuning uchun ko‘chatni joydan joyga ko‘chirib, tuvaksiz usulda yetishtirish mumkin emas.

    Qovun navlari: 

    O‘zbekistonda qovunning “Mahalliy sariq handalak”, “Ko‘k kallapo‘sh”, “Kichkintoy”, “Obi-novvot”, “Ko‘ktinni-1087”, “Oq urug‘-1137”, “Shakarpalak-2580”, “Suyunchi-2”, “Zar gulobi” kabi navlari yetishtiriladi.

    Kasalliklari

    O‘zbekistonda eng ko‘p zarar keltiradigan qovun kasalliklari rizoktonioz, fuzarioz so‘lish, un-shudring va boshqalar, zararkunandalardan qovun maysa pashshasi va qovun pashshasi, poliz shirasi, o‘rgimchakkana, kemiruvchi ko‘kqurt tunlami kabilardir. 

    Kasalliklarga qarshi kurashish uchun esa, o‘z vaqtida agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish lozim.

    Hosilni yig‘ish 

    Shirinligi tilni yoradigan qovunni pishib-yetilganlarini tanlab olinib, palagidan uziladi. Qovun hosili odatda bir mavsumda ikki-uch marta yig‘ib olinadi. 

    Kech muddatda ekilgan kechki navlar esa bir marta yig‘ishtiriladi. Ushbu hosilni uzoq muddat saqlash uchun, dalada uzilgandan keyin 3-4 kun quyoshda toblab, so‘ngra omborxonalarga joylanadi. Har 15-20 kunda mahsulotlar holati qarab boriladi.

    Tarvuz: kamqonlikka davo, nurlanishdan himoyalovchi issiqsevar ekin

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

    Urug‘i va ko‘chatidan yetishtirish 

    Tarvuzdan mo‘l va sifatli hosil olish uchun, navdorligi 99 foiz va unuvchanligi 90-95 foizdan kam bo‘lmagan urug‘lar ekiladi. 

    Urug‘larning unib chiqishini tezlashtirish va 100 foiz natijaga erishish uchun ekish oldidan mis kuporosi 0,5-1,0 foizli eritmasida 1 soat davomida ivitib olinadi.

    Tarvuzni parvarishlash 

    Ushbu poliz ekinini parvarishlash o‘simliklarni yaganalash, tuproqni yumshatish, ekinni oziqlantirish, chopiq qilish, sug‘orish, palaklarni to‘g‘rilash, begona o‘tlar va zararkunandalarga qarshi kurashishdan iborat.

    Ertaki tarvuz mahsulotlarini tuproqni mulchalash, ekinni ko‘chatdan ekish, vaqtinchalik plyonka-yopqich ostida ko‘chatidan va urug‘idan mulchalab ekish, himoyalangan isitiladigan va isitilmaydigan issiqxonalarda yetishtirish kabi usullar yordamida yetishtiriladi.

    Tarvuz qurg‘oqchilikka juda chidamli bo‘lishiga qaramay, respublika sharoitida uni sug‘orib, parvarishlash kerak. 

    Biroq haddan tashqari sernam tuproq tarvuz ekiniga salbiy ta’sir etadi. Sernam tuproqda mevadagi qand moddasi kamayadi, po‘sti qalinlashadi, har xil zamburug‘ kasalliklariga, jumladan, fuzarioz-so‘lish kasaliga chalinadi.

    Navlari 

    O‘zbekistonda tarvuzning 47 ta navlari hududlashtirilgan. Shulardan 15 ta mahalliy, qolgani chet el navlaridir. 

    “Dilnoz”, “Manzur”, “Qo‘ziboy-30”, “Hayit Qora”, “Shirin Sharq ne’mati” kabi navlar mahalliy hisoblanadi.

    Hosilni yig‘ishtirish 

    Birinchi hosil iyun oyining uchinchi dekadasida, ikkinchi hosil iyun oyining birinchi yarmida va uchinchisi may oyining uchinchi o‘n kunligida olinadi. 

    Takroriy muddatda ekilgan tarvuz sentyabr oyining uchinchi o‘n kunligida yetiladi va yoppasiga terib olinadi. 

    Albatta, tarvuzni pishib yetilish davri ob-havo, tuproq sharoiti, ekish muddatlari, navlarning erta yoki o‘rtapisharligiga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin.

    08.07.2022, 19:09   Izoh (0)   13504
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent shahridagi 3 qavatli bino 7,3 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi

    07.07.2022, 23:46

    Twitter har kuni 1 milliondan ortiq akkauntlarni o‘chirmoqda

    07.07.2022, 23:22

    Toshkentdagi hovli MIB tomonidan 3,1 mlrd so‘mga auksionga qo‘yildi

    07.07.2022, 21:33

    Google, FIFA, General Motors: butun dunyo sun’iy intellektdan qanday foydalanmoqda?

    07.07.2022, 20:46

    Accor va Hyper Group O‘zbekistonda 3 ta premium mehmonxona ochadi

    07.07.2022, 11:30

    Yiliga 100 mingta avtomobil: Jizzaxda KIA yig‘ishning 2-bosqichi ishga tushirilmoqda

    07.07.2022, 04:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiya o‘z tarixidagi eng kuchli aviabombalarini taqdim etdi

    Dunyo | 27 iyul, 20:24

    BMT Falastin davlati qurilishida yordam berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 27 iyul, 18:30

    Avstriyada 400 ga yaqin yo‘lovchi qorong‘i tunnelda 6 soat qolib ketdi

    Dunyo | 27 iyul, 17:50

    “Real Madrid” 5 nafar futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor

    Sport | 27 iyul, 17:46

    Tailand va Kamboja o‘rtasidagi to‘qnashuvlar Tramp vositachiligiga qaramay davom etmoqda

    Dunyo | 27 iyul, 17:06

    O‘zbekistonning qaysi hududida ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 16:38

    “Qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash lozim” — Eron prezidenti

    Dunyo | 27 iyul, 15:48

    Levandovski kelajagi borasida gapirdi

    Sport | 27 iyul, 15:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.