• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Taxtiqoracha jangi — arab xalifaligining mag‘lubiyatga teng g‘alabasi

    Hozirgi kunda Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lab turuvchi dovon – Taxtiqoracha dovoni deb ataladi. Bu nom haqida tarixchi O.Bo‘riyev o‘zining “Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo tarixiy geografiyasi” asarida quyidagi ma’lumotlarni keltirgan: “Bu nomli bog‘ ikkita joyda tilga olinadi.

    Birinchisi – Sheroz atrofida, Amir Temur uch yillik yurishi paytida 1397-yil dekabrda Fors mamlakatining poytaxti Sherozga yetib boradi va shahar tashqarisidagi Taxti Qoracha degan joyda to‘xtaydi. Ikkinchisi – Samarqanddan Keshga boradigan yo‘ldagi tog‘ yon bag‘rida Amir Temur bir bog‘ yaratishni va bog‘ ichidagi baland joyga bir ko‘shk qurishni buyuradi. Taxti Qoracha bog‘idan dovongacha oraliqda Qutlug‘ Yurt degan aholi maskani ham bo‘lgan. Bu ma’lumotlar Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida keltirilgan. Ibn Arabshoh ham bu bog‘ni eslatib o‘tgan “[Amir Temur] Samarqand bilan Kesh o‘rtasida bir bo‘ston barpo etib, unda bir qasr qurdirdi va uni Taxti Qoracha deb atadi.

    Xuddi shu dovonda 731/732-yilning iyul oyida Arab xalifaligi va Turk xoqonligining mahalliy hokimliklar bilan birlashgan qo‘shinlari o‘rtasida uch kunlik shiddatli jang bo‘lib o‘tgan. Bu jang haqida ilk ma’lumotlardan biri Tabariyning “Payg‘ambarlar va hukmdorlar tarixi” asarida bayon etilgan. VIII asr boshlarida hozirgi O‘zbekistonning katta qismi Xalifalik tasarrufiga kirgan edi. 731/732-yilda Turk xoqonligi Samarqandga hujum qilib shaharni xalifalik tasarrufidan chiqarib olmoqchi bo‘ladi. O‘sha vaqtda xalifalik tomonidan Samarqandni boshqarish uchun qo‘yilgan Savra ibn Xurr bu jangda g‘alaba qozonishga ko‘zi yetmasdan, Xuroson noibi Junayd ibn Abdurahmonga murojaat qilib, turklarga qarshi jangda undan harbiy ko‘mak so‘raydi. Junayd ibn Abdurahmonning ko‘plab maslahatchilari Amudaryoning narigi tarafiga o‘tish uchun kamida 50 ming kishilik qo‘shin bo‘lishi kerakligini va bu taklifga rozi bo‘lmaslikni maslahat beradilar.

    Biroq, Xuroson noibi Samarqandga yurish qilishga qaror qilib, Savra ibn Xurrga ko‘mak berishga rozi bo‘ladi. Xuroson noibi qo‘shinlari Samarqandga aynan Taxtiqoracha dovoni orqali yurish qiladilar. Keshda xalifalik qo‘shinlari, Samarqandda Turklar va mahalliy hokimliklarning (Sug‘d, Farg‘ona, Shosh) birlashgan qo‘shinlari turar edi. O‘rtada Taxtiqoracha dovoni. 731/732-yilning iyul oyida uch kunlik shiddatli jang boshlanadi. Asosiy janglar aynan Taxtiqoracha dovonida bo‘ladi. Dastlab xalifalik qo‘shinlarining otliq askarlari jangga kiradi va ulkan yo‘qotishga uchraydi. So‘ngra piyoda holda jang qilishadi. Har ikkala taraf ham katta yo‘qotishlarga uchraydilar. Britaniyalik tarixchi Nigel Kennedi bu jang haqida fikr bildirib: “Xalifalik qo‘shinlari bu mintaqada hali bunchalik qattiq qarshilikka duch kelmaganlar” deb yozadi.

    Urushning dastlabki bosqichida xalifalik qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchray boshlaydi. Shunda, Junayd ibn Abdurahmon o‘z qo‘shini tarkibida jang qilayotganlar askarlarga ozodlik va’da qilib, ularni chekinmaslikka da’vat qiladi. Xuroson noibi jang taqdirini o‘z tomoniga og‘dirish uchun Samarqand amiri Savra ibn Xurrni ham o‘z qo‘shini bilan kelib jangda ishtirok etishini buyuradi. Savra ibn Xurr 12 000 kishilik qo‘shin bilan Samarqand tarafdan hujum qiladi. Ular yo‘lda turklarning qo‘shiniga duch kelishadi. Ikki taraf o‘rtasida murosasiz jang bo‘ladi va Samarqand amiri Savra ibn Xurr bu jangda halok bo‘ladi. Biroq har ikki tarafdan qurshovda qolgan turklar qo‘shini ham katta yo‘qotishlarga uchraydi. Junayd ibn Abdurahmon esa vaziyatdan foydalanib, qarshi hujumga o‘tadi va qiyinchilik bilan bo‘lsa-da uch kundan so‘ng Samarqandga yetib boradi.

    To‘qnashuv yakunida xalifalik qo‘shinlari g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, ulkan yo‘qotishlarga uchraydilar va ancha zaiflashib qoladilar. Taxminlarga ko‘ra, bu jangda xalifalik 20 mingdan 30 minggacha askarlarini yo‘qotgan. Ko‘plab tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, aynan shu jangdan so‘ng, Ummaviylarga Amudaryoning narigi tarafidagi hududlar ustidan nazorat qilish ancha og‘irlashgan. Faqatgina, Chag‘aniyon, Kesh va Buxoro hududlari ularning nazoratida bo‘lgan. Bu holat Turk xoqonligi hukmdori Sulukning vafotigacha davom etdi. Xurosonga Nasr ibn Sayyor noib qilib tayinlanmaguncha, xalifalik Amudaryoning narigi tarafidagi hududlar (Movaraunnahr) ustidan to‘liq nazorat o‘rnata olmaganlar.

    Amerikalik olim Yahyo Xolid Blinkenship ham bu jang xalifalik uchun juda qimmatga tushganligini va Amudaryoning narigi tarafidagi boshqa hududlarda ham xalifalikka qarshi harakatlar avj olib ketganligini bayon qilgan. Xuroson noibiga esa mintaqadagi vaziyatni o‘z nazoratida saqlab qolish uchun xalifalik markazidan qo‘shimcha harbiy qismlar yuborilgan. Aynan Taxtiqoracha jangi mintaqaning keyingi tarixida muhim rol o‘ynagan. Umumiy yo‘qotishlarni hisobga oladigan bo‘lsak, Arab xalifaligi uchun bu jangdagi g‘alaba - mag‘lubiyatga teng bo‘lgan.

    Ulug‘bek Olimov, kichik ilmiy xodim

    06.07.2022, 19:09   Izoh (0)   15410
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.