Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bir necha yil oldin Jorj Kluniga Gollivudning eng kelishgan bo‘ydog‘i sifatida qaralar edi va u o‘sha vaqtlarda oila qurishni xayoliga ham keltirmasdi. Ammo xalqaro huquqshunos Amal Alamuddin bilan uchrashuv uning hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi. Natijada aktyor vafodor er va mehribon ota maqomiga erishdi. Grazia nashri 61 yoshli aktyorning tug‘ilgan kuni munosabati bilan huquq himoyachisi qanday qilib chinakamiga uning muhabbatiga sazovor bo‘lgani haqida so‘z yuritdi.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Juftlik 2013-yilda tasodifan Italiyaning Komo ko‘lida joylashgan Klunining uyida uchrashishgan. Amal u yerga Kann festivaliga kelgan umumiy do‘sti tufayli borgandi. Yo‘l-yo‘lakay sayohatchilar aktyorning uyida mehmon bo‘ldi. Bu vaqtda Klunining ota-onasi ham o‘g‘lining koshonasiga tashrif buyurgan edi, shuning uchun ular darhol Amal bilan ham tanishib olgan.

Foto: Grazia

Foto: Grazia

“Haqiqat shuki, men nafas olishdan to‘xtab qoladigan darajada bu ajoyib ayolni uchratdim. U latofatli, quvnoq, chiroyli va mehribon edi. U meni tom ma’noda o‘ziga rom etdi”, — deb eslaydi Jorj u bilan birinchi uchrashuvini.

Bir necha hafta davomida juftlik elektron pochta orqali yozishib, telefonda gaplashdi. Jorj aytib o‘tganidek, vaqt o‘tishi bilan ular shunchaki do‘st emasligi ma’lum bo‘ldi.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Birinchi uchrashuv

Ular tanishganidan uch oy o‘tib, birinchi rasmiy uchrashuvga Jorj Amalni Londondagi mashhur Abbey Road studiyasiga taklif qildi, u yerda u “Xazina ovchilari” filmida suratga tushayotgan edi. Keyin ular shahardagi mashhur restoranlardan biriga romantik kechki ovqat uchun bordi. O‘sha vaqtdayoq paparatssilar allaqachon ularning faol ravishda kuzatib borgan. “Biz restorandan chiqqanimizda 50 nafar suratkash kutib turgan edi. Ammo Amal o‘zini juda ajoyib tutdi”, — dedi aktyor.

Foto: Grazia

Foto: Grazia

Kutilmagan unashtiruv

Oradan olti oy o‘tgach, Jorj o‘z sevgilisining qo‘lini so‘radi, Amal buni umuman kutmagan edi. Qizning ota-onasi aktyorning niyati nima ekanligini so‘radi va ular bor-yo‘g‘i olti oydan beri uchrashayotganini, shuning uchun jiddiy narsa haqida o‘ylashning hojati yo‘qligini aytdi. Amalni turmushga chiqish va oila qurish g‘oyasi unchalik ham qiziqtirmadi. O‘sha vaqtda Amal 35 yosh bo‘lib, uning karyerasi bilan bog‘liq boshqa rejalari bor edi.

Foto: Grazia

Foto: Grazia

Ma’lum bo‘lishicha, bu vaqt davomida Jorj hal qiluvchi daqiqaga tayyorgarlik ko‘rgan.

Bir necha oy puxta rejalashtirishdan so‘ng Jorj Amalni kechki ovqatga uyiga taklif qildi. U unashtiruv uzugini Amal sham yoqish uchun ishlatishi kerak bo‘lgan zajigalka qo‘yilgan tortmaga yashirdi. Birozdan keyin Jorj Amaldan zajigalkani olishni so‘radi. U tortmani ochdi va uzukni ko‘rdi — aktyor esa xuddi haqiqiy romantik filmdagi kabi tiz cho‘kdi.

Foto: Grazia

Foto: Grazia

Jorjning sevimli taronasi — Frenk Sinatra ijrosidagi Why shouldn’t yangray boshlaganida Amal hayajonda uzukdan ko‘zini ololmadi. “Men 20 daqiqa davomida tiz cho‘kib, uning rozilik berishini kutardim, u esa hayratda qolgan edi”, — dedi Kluni.

Hashamatli to‘y

Foto: Grazia

Foto: Grazia

Amal va Jorj Kluni 2014-yil sentabrida Venetsiyada unashtirildi, birinchi uchrashuvdan bir yil o‘tib, juftlikning nikoh to‘yi hashamatli Aman Canal Grande mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi. Juftlikning to‘yiga bir qancha yulduzlar tashrif buyurdi — ular orasida Mett Deymon, Sindi Krouford, Jon Krasinski va Emili Blantlar ham bor edi.

Oilaning jajji mehmonlari

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Qizig‘i shundaki, na Jorj, na Amal bo‘lajak merosxo‘rlar haqida o‘ylagan edi. Ammo keyinroq ular fikrini o‘zgartirdi. “Biz farzandli bo‘lishni rejalashtirmagan edik. Oila qurganimizdan keyin ham sira bolalar haqida gaplashmaganmiz. Ular bizga kerak emas deb o‘yladik. Ammo to‘ydan keyin ikkalamiz ham juda baxtli ekanimizni his qildik va bu baxtni yana kimdir bilan bo‘lishishimiz kerak edi”, — dedi Kluni.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest
Amal 2016-yilda egizak farzandlarga homilador ekani ma’lum bo‘ldi. Bu xabar ularni hayratda qoldirdi.
Ultratovush tekshiruvini o‘tkazgan shifokor: “Mana u” — dedi. Men xursandligimdan ajoyib, deb javob berdim. Keyin esa: “Mana, ikkinchisi”, — dedi. “Nima?” deb yubordim. Biz shifokorlar bergan qog‘ozga tikilib o‘tirdik va men bu yerda qandaydir xatolik bor deb o‘yladim.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Ammo bu yerda hech qanday xatolik yo‘q edi. 2017-yilning iyun oyida, muddatidan bir oy oldin Amal Kluni Ella ismli qiz va Aleksandr ismli o‘g‘ilni dunyoga keltirdi. Bolalarning tug‘ilishi er-xotinning hayotini tubdan o‘zgartirdi.

Baxtli nikoh siri

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Yetti yillik turmush davomida Amal va Jorj Kluni o‘rtasidagi munosabatlar yanada mustahkam bo‘lib qolmoqda. Ular bir-birlarini sevishini oshkora tan oladi va o‘zlarini juda romantik tutadi — hattoki bir-birlariga sevgi maktublarini qo‘lda yozadi. Amal turmush o‘rtog‘i haqida: “U meni hayratda qoldiradigan va tabassumi har safar eritib yuboradigan odamdir”, — deydi.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Er-xotinning ota-onalik burchi baravariga davom etmoqda va juftlik bolalar tarbiyasini mehnat bilan mohirona uyg‘unlashtirdi. Jorj hamma narsaga a’lo darajada sabr qilishni o‘rgandi va hatto sartaroshlik mahoratini ham o‘zlashtirdi — karantin paytida u bolalarining sochini oldi.

Foto: Pinterest

Foto: Pinterest

Klunining aytishicha, bo‘lajak rafiqasi bilan uchrashishdan oldin uning hayotida juda ko‘p bo‘shliqlar bo‘lgan. Ammo Amal Jorjning hayotida paydo bo‘lishi hamma narsani o‘zgartirdi: “52 yoshimda hayotimdagi muhabbatimni topdim va men juda baxtliman”.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Britaniya hukumati “Vagner”ni terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi — The Telegraph
Dunyo
AQSHda xavfli moddalarni olib ketayotgan yuk poyezdi relsdan chiqib ketdi (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘ladi?