Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Avvalroq Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilgani xabar qilingan edi.

Menga qarshi sanksiyalar nohaq va asossiz ayblovlarga asoslangan, — deya izoh berdi Usmonov Forbes nashriga.

Tadbirkorning ta’kidlashicha, u siyosat bilan shug‘ullanmagan va hech qachon Rossiya davlatidan hech narsa olmagan — 1990-yillarda davlat mulkini xususiylashtirish paytida ham, undan keyin ham.

Sanksiya qo‘llayotganlar stereotiplarga kamroq tayanishi kerak – halol mehnat va o‘z aqli bilan boylik orttirganlar ham bor, — dedi Usmonov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, xayr-ehson qilish va sarmoya jalb qilish qiyinlashdi, shu bois cheklovlar nafaqat unga, balki uning yordamiga muhtoj barcha odamlarga ham ta’sir qildi.

Shuning uchun ham Usmonovning hozirgi asosiy vazifasi sanksiyalarning bekor qilinishiga erishishdir. May oyida Yevropa sudiga apellyatsiya berilgan.

Sanksiyalar, jumladan, so‘nggi yillarda ko‘p vaqtimni o‘tkazayotgan O‘zbekistondagi faoliyatimga ham to‘siqlar tug‘dirmoqda, — dedi Usmonov.

U, shuningdek, mamlakatga sarmoya kiritishni ko‘paytirish niyatida ekanligini va O‘zbekistonda ishlab topgan barcha pullari O‘zbekistonda qoldirishini ma’lum qildi.

Avvalroq Alisher Usmonovning boyligi bir yilda keskin kamaygani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi