Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Apple kompaniyasi Plus qo‘shimchasi bor iPhone modellarini yana ishlab chiqaradigan ko‘rinadi. Oxirgi marta bu kabi nomga 2017-tilda taqdim etilgan iPhone 8 Plus ega bo‘lgandi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: PhoneArena

Foto: PhoneArena

Bundan oldin, insayderlar Apple lineykadagi eng kichkina telefon — iPhone mini’ni ishlab chiqarishni to‘xtatishini ma’lum qilgandi. Uning o‘rniga kompaniya ekran o‘lchami borasida iPhone 14 Pro Max’dan ortda qolmaydigan yangi qurilmani taqdim etadi. Biroq ko‘pchilik ushbu modelni iPhone 14 Max deb atab kelayotgandi, PhoneArena’ning yangi ma’lumotlariga ko‘ra, bu xato bo‘lishi mumkin.

Nashrning yozishicha, “Plus qo‘shimchasi 2022-yilgi iPhone uchun qayta tiriladi”. iPhone 14 Plus xuddi 14 Pro Max kabi 6,7 dyuymli ekranga ega bo‘ladi, biroq texnik tavsifi borasida ancha sodda — u iPhone 14 lineykasidagi bazaviy model imkoniyatlarini o‘zida mujassam etadi.

iPhone 14 haqida yana nimalar ma’lum?

  • Odatdagi “qosh” o‘rniga Pro-modellarda i-qirqim paydo bo‘ladi;
  • Pro modellarga 48 megapikselli asosiy kamera o‘rnatiladi;
  • Katta ekranli yangi model iPhone mini’ning o‘rnini egallaydi;
  • Tezkor xotirasi 6 gigabaytga qadar oshadi;
  • Pro-model yangi Apple A16 protsessoriga ega bo‘ladi;
  • Favqulodda vaziyatlarda sun’iy yo‘ldosh aloqasini qo‘llab-quvvatlash imkoniyati paydo bo‘ladi.
Internetda hozirda iPhone 14 seriyasining maketlari va himoya g‘iloflarining suratlari tarqalgan. Ularga ko‘ra, smartfonlarning asosiy kamera moduli o‘lchami kattaradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatildi
Mahalliy
Toshkentdagi gaz zapravkalari vaqtinchalik yopilmoqda