Daryo

48 megapikselli kamera va 900 dollardan arzon: internetda iPhone 14 lineykasiga oid ma’lumotlar paydo bo‘ldi

Oldingi lineykalardan o‘rin olgan mini versiya boshqa ishlab chiqarilmaydi

1 daqiqa o‘qish41 996 ko‘rishlar0 izoh0
iPhone 13 Pro Max, iPhone 13 Pro, iPhone 13 va iPhone 13 mini Foto: IXBT

TF International’ning taniqli tahlilchisi Ming-Chi Kuo investorlar uchun 2022-yilda taqdim etiladigan iPhone lineykasiga oid ayrim qiziqarli prognozlarni e’lon qildi, deb xabar beradi IXBT.

iPhone 13 Pro Max, iPhone 13 Pro, iPhone 13 va iPhone 13 miniFoto: IXBT

Mashhur tahlilchining bayonotiga ko‘ra, 2022-yilda iPhone lineykasi iPhone 14, iPhone 14 Max, iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max nomi ostidagi to‘rtta modeldan tarkib topadi. Oldingi lineykalardan o‘rin olgan mini versiya boshqa ishlab chiqarilmaydi.

Shuningdek, ta’kidlanishicha, modellarning ekranlari o‘lchami faqat 6,1 dan 6,7 dyuymgacha bo‘ladi. Bundan tashqari, iPhone 14 Max modeli 900 dollardan arzonroq narxda sotuvga chiqishi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Ushbu model taxminlarga ko‘ra, eng ommabop iPhone’ga aylanishi kerak.

iPhone 14 savdolarining oshishiga qurilmalarning sezilarli darajada yaxshilanishi, jumladan, displey ostidan Touch ID daktiloskopik datchigi va Pro modellarda 48 megapikselli kameralar o‘rin olishi kutilmoqda.

Avvalroq iPhone 13 lineykasidagi barcha smartfonlarning narxi va xotira hajmi ma’lum bo‘lgan, Apple talab kamligi bois iPhone 12 mini’ni ishlab chiqarishni to‘xtatishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Dunyodagi eng ommabop iPhone nomi ma’lum bo‘ldi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar