Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Suriyaning o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari mustaqilligini tan olish qarorini “qat’iy qoraladi”.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Suriyaning bu qarorini “Ukrainaga qarshi nodo‘stona harakat, uning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tajovuz, Ukraina qonunchiligi, BMT nizomi hamda xalqaro huquqning asosiy norma va tamoyillarini qo‘pol ravishda buzish” deb hisoblashini ma’lum qildi.

“Shubha yo‘qki, Suriya rejimi Donetsk va Lugansk viloyatlaridagi rus bosqinchi ma’muriyatlariga Kremldagi kuratorlarining iltimosi bilan soxta subyektivlik berishga urinmoqda”, — deyiladi Ukraina TIV bayonotida.

Shuningdek, bayonotda aytilishicha, Ukraina konsullik aloqalarini saqlab qolgan holda Suriya bilan diplomatik aloqalarni uzadi. Ukraina tomoni, shuningdek, Suriyaga savdo embargosini joriy etish va Suriyaning yuridik va jismoniy shaxslariga nisbatan boshqa sanksiyalarni joriy etish tartibini boshlab yuboradi.

Ukraina Tashqi ishlar vazirligining eslatishicha, Ukrainaning Damashqdagi elchixonasi 2016-yilda “Bashar Asad rejimining Suriya xalqiga qarshi jinoyatlari munosabati bilan” yopilgan, Suriyaning Kiyevdagi elchixonasi esa 2018-yilda o‘z faoliyatini to‘xtatgan. Suriyadagi ukrainaliklarning manfaatlarini Ukrainaning Livandagi elchixonasi himoya qilib kelayotgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)