Shvetsiya Ukrainaga 49 million dollar miqdoridagi qo‘shimcha harbiy yordam, xususan, tankka qarshi qurollar, o‘t o‘chirish va minalardan tozalash vositalarini yuborishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi Associated Press nashri.
“Demokratik Yevropa mamlakatlari tomonidan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash doimiy va uzoq muddatli bo‘lib qolishi muhim”, — deydi Shvetsiya mudofaa vaziri Piter Xultkvist.
Xultkvist bu qurollarni qachon yetkazib berish rejalashtirilganiga aniqlik kiritmadi, biroq ularni imkon qadar tezroq Ukrainaga topshirish niyatida ekanini qayd etdi.
Izoh (0)