Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Germaniyada iyun oyida inflyatsiya yillik ko‘rsatkichlarda biroz pasaydi — may oyidagi 7,9 foizga nisbatan 7,6 foizgacha. Ma’lumotlar 29-iyun kuni Germaniya Federal statistika boshqarmasi (Destatis) tomonidan e’lon qilindi

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

Inflyatsiyaning pasayishiga hukumatning yonilg‘i subsidiyalari va har xil turdagi jamoat transporti uchun oyiga 9 yevroga imtiyozli chiptalari yordam berdi. 

Iyun oyida energiya narxi yillik hisobda 38 foizga o‘sdi (may oyida 38,3 foiz edi), xizmatlar narxlarining o‘sishi ham sekinlashdi — may oyidagi 2,9 foizga nisbatan 2,1 foizga. 

Umuman olganda, tovarlar narxi may oyiga nisbatan tezroq o‘sdi — 14 foizga (may oyida 13,6 foiz edi).

Mutaxassislarning fikricha, iyun oyida inflyatsiya biroz pasayganiga qaramay, yaqin kelajakda narxlarning sezilarli darajada tushishi kutilmaydi.

Avvalroq inflyatsiya sababli global valyuta urushlari boshlangani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Surxondaryoda 3-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida vafot etdi
Dunyo
Merkel Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev transport va logistika sohasidagi kamchiliklarni sanab, qator topshiriqlar berdi