Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buyuk Britaniyada poliomielit yana tarqalishi mumkin. BBC xabariga ko‘ra, virus izlari Londondagi oqova suvlarda topilgan.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash agentligining fikricha, virus yaqinda faol vaksina bilan emlangan odamning axlati bilan kanalizatsiyaga tushgan. Bu odam chet eldan kelgan bo‘lishi mumkin.

Virusni yuqtirish xavfi past, ammo ayni paytda Britaniya rasmiylari ota-onalarni bolalarni emlatish kerakligi haqida ogohlantirmoqda.

Qayd etilishicha, Buyuk Britaniyada ko‘pchilik odamlar bolalik davrida poliomielitga qarshi emlangan, ammo emlash darajasi past bo‘lgan ayrim jamoalarda kasallanish xavfi saqlanib qolmoqda.

Buyuk Britaniyada inaktivatsiyalangan poliomielitga qarshi vaksina qo‘llaniladi (u bolalarni bir yoshgacha uch marta emlashni va 14 yoshda qayta emlashni nazarda tutadi).

Daily Mail ma’lumotlariga ko‘ra, Britaniya ichida oxirgi marta infeksiya 1984-yilda qayd etilgan, ammo shundan keyin bir necha bor chet eldan kelgan odamlarda aniqlangan. 2003-yilda Buyuk Britaniya poliomielitdan holi deb e’lon qilingan.

Poliovirusning uchta turidan ikkitasi ommaviy emlash yo‘li bilan yo‘q qilingan deb ishoniladi, bittasi esa Afg‘oniston va Pokistonda hamon mavjud.

Poliomielit — bu parez yoki falajga olib keladigan xavfli yuqumli kasallik, u miokarditni rivojlantirishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi