Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2026-yilga qadar qayta tiklanuvchi energiya (QTE) manbalari ulushini 25 foizga yetkazish rejalashtirilgan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar bermoqda

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

“Yashil” energiyani rivojlantirish, imtiyozlarni taqdim etish orqali ushbu soha tadbirkorlari uchun qulay soliq muhitini yaratish qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Kompaniyalar uchun imtiyozlar

QTE manbalari qurilmalarini (nominal quvvati 0,1 MVt va undan ortiq bo‘lgan) o‘rnatganlik uchun energiya ishlab chiqaruvchilar 10 yil muddatga mol-mulk solig‘idan ozod etiladi.

Bundan tashqari QTE manbalari (nominal quvvati 0,1 MVt va ko‘proq) uskunalari egallagan yer uchastkalari 10 yil muddatga yer solig‘idan ozod etiladi. 

Aholi uchun imtiyozlar

Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda QTE manbalaridan foydalanuvchi shaxslarga 3 yil muddatga mol-mulk solig‘i solinmaydi. Bundan tashqari ular 3 yil muddatga yer solig‘idan ozod etiladi.

Avvalroq O‘zbekistonda vodorod transport vositasi ishlab chiqilishi haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi