Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 2022-yilning yanvar-may oylarida aholiga ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi o‘tgan yilga nisbatan 15,8 foizga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining o‘sishidagi asosiy omil — moliyaviy xizmatlar, transport xizmatlari , savdo xizmatlari o‘sgani hisoblanadi.

Yanvar-may oylarida moliyaviy xizmatlar sohasida esa Farg‘ona viloyati 74,4 foiz bilan eng yuqori o‘sishni qayd etgan.

Keyingi o‘rinlarda Buxoro (35,3 foiz), Toshkent shahri (32,3 foiz) va Samarqand (31,8 foiz) hududlarida moliyaviy xizmatlar sohasida o‘sish kuzatilgan. Eng past o‘sish Andijon (10,2 foiz) viloyatiga tegishli.

Ushbu davr mobaynida transport xizmatlari Qoraqalpog‘istonda eng yuqori darajada — 33,5 foizga o‘sib, qariyb 1,1 mlrd so‘mga yetgan.

Keyingi o‘rinlarda Namangan (14,3 foiz), Navoiy (13,4 foiz), Qashqadaryo va Surxondaryo (12,4 foiz), shuningdek, Xorazm (11,3 foiz) viloyatlarida ushbu soha bo‘yicha o‘sish kuzatilgan.

Eng past ko‘rsatkich Buxoro viloyatida qayd etilgan bo‘lib, ushbu hududda transport xizmatlari 6,1 foizga o‘sgan.

O‘tgan 5 oy mobaynida savdo xizmatlari sohasida eng katta o‘sish Namangan viloyatiga tegishli bo‘lib, unda ushbu xizmatlar 19,7 foizga o‘sgan, qiymati esa 1,9 mlrd so‘mga yetgan.

Bundan tashqari Toshkent (12,3 foiz), Navoiy va Andijon (10 foiz) hamda Surxondaryo (9,5 foiz) viloyatlarida o‘sish kuzatilgan. Eng past o‘sish Farg‘ona (0,6 foiz) viloyatida qayd etilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi