Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Samarqand viloyatining Urgut tumanida tadbirkor o‘zining yashash xonadonida mahalliy uslubda chiqindidan biogaz ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Urgutlik fuqaro Chingiz Barotov qo‘lbola usulda yasalgan maxsus uskuna orqali uyida boqilayotgan mol, qo‘y va parrandalardan chiqayotgan go‘ngni qayta ishlab, metan gazini ishlab chiqarmoqda.

Bu kabi nanotexnologiyalar Xitoyda ko‘plab uy xo‘jaliklarida mavjud bo‘lib, har taraflama foydali va ekologik jihatdan xavfsizligi aytilmoqda.

Tadbirkor ayni damda o‘ziga tegishli 20 ga yaqin mol va qo‘ylaridan chiqqan go‘nglarni qayta ishlab bir kunda 20-25 kub metr biogaz ishlab chiqarmoqda.   

Bu orqali tumandagi 200 o‘rinli xususiy bog‘cha va o‘z xonadonini gaz bilan ta’minlamoqda.

Mahallamizda gaz tarmog‘i yo‘q. Gazga ehtiyojimiz borligi uchun mana shu maxsus uskunada bog‘chani va o‘zimizni gaz bilan ta’minlayapmiz. Buni 12-13 yil avval Xorazmga borganimda ko‘rgan edim, — deydi Chingiz Barotov  

Ma’lum bo‘lishicha dastlab sinov tariqasida bu uskuna foydalanilgan bo‘lsa-da, hozirda Urgutdagi yana 3 ta joyda o‘rnatilgan.

 

Mavzuga doir: 20 millionlik energiya iqtisodi: Jomboyda tadbirkor quyosh fotoelektr stansiyasini ishga tushirdi

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi