Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, Oq yo‘l ko‘chasidagi “Yevrosiyo Tapo-disk” korxonasi kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Lot ma’lumotlari “E-auksion” portalida e’lon qilgan.

Foto: “E-auksion.uz”

Foto: “E-auksion.uz”

Lot izohida yozilishicha, kompaniyaning ustav kapitali 5,3 mlrd so‘m. Ustav fondidagi 40,49 foiz davlat ulushi auksionga qo‘yilgan.

Kompaniya joylashgan yer uchastkasining umumiy maydoni — 3,6 gektar. O‘rtacha yillik ishchilar soni — 201 nafar.

Auksionga qo‘yilgan korxona ulushining boshlang‘ich bahosi — 20,1 mlrd so‘m. Arizalar 20-iyun 09:00 ga qadar qabul qilinadi. Savdolar xuddi shu kuni 10:00 da boshlanadi.

Avvalroq Samarqanddagi bo‘sh turgan mehmonxona 16 mlrd so‘mga auksionga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Afg‘on xalqining sabri bilan o‘ynashmang” — “Tolibon” qo‘mondonlaridan biri Eronni bosib olish bilan tahdid qildi  
Dunyo
Xitoyda qayta avj olishi kutilayotgan kovid, 3-marta saylangan Erdo‘g‘on, bir oydan beri namoyish o‘tkazayotgan hind sportchilari — 29-may suratlari
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi