Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ehtimol, siz ham bir paytlar televizorda yoki katta ekranda ko‘rgan mashhurlarni sevib qolgandirsiz. Tasavvur qiling-a, mashhur odamni haqiqiy hayotda bilish va tanish, undan ham ortig‘i u bilan yashash qanchalik ajoyib bo‘lardi. Ba’zilar buning uddasidan chiqishgan: ular o‘z kumirlari bilan baxtli hayot kechirmoqda.

Tom Kruz va Keti Xolms

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Keti Xolms 15 yoshidayoq Tom Kruzni sevib qolgan va xonasi devorini aktyorning rasmlari bilan bezagan. U 2004-yilda Tom Kruzga turmushga chiqishni doim orzu qilishini aytadi. Bir necha oy o‘tgach, 2005-yil may oyida u Tom bilan uchrashishni boshlaydi. Ketining orzusi ro‘yobga chiqdi: ular o‘rtasida muhabbat uchqunladi, juftlik turmush qurdi, 2006-yilda esa ular ota-ona bo‘ldi. Ammo, afsuski, 2012-yilda juftlik ajrashdi.

Jastin va Xeyli Biber

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Jastin Biberning ko‘plab muxlislari unga turmushga chiqishni orzu qilgan. Bu baxt ulardan biri — Xeyli Bolduingagina nasib qilgan. Xeyli 12 yoshida otasi Stiven Bolduin uni Jastin Biber muxlislarining uchrashuviga olib boradi. Jastinni ko‘rish uchun navbat kutishiga to‘g‘ri keladi.

Bir necha yil o‘tgach, u va Jastin bir-birini sevib qoladi, 2018-yilda ular unashtiriladi. Bir yil o‘tgach esa yoshlar Janubiy Karolinada nikohdan o‘tdi. Juftlikning samimiy mehrini ularning Instagram’dagi profiliga qarab baholash mumkin. Xeyli o‘z postida shunday deb yozgan: “Bu hayotda juda ko‘p ajoyib va ​​go‘zal narsalar bor, lekin eng ajoyibi shundaki, men sen bilan birgaman. Men seni sevaman”.

Shahzoda Garri va Megan Markl

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Ma’lum bo‘lishicha, shahzoda Garri Megan Marklning “Fors-majorlar” filmidagi qahramoni Reychel Zeynning ashaddiy muxlisi bo‘lgan. Bundan kelib chiqadiki, shahzoda Meganni ilk tanishuvdan 2 yil oldin sevib qolgan.

Eshton Kutcher va Mila Kunis

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Hozirda Mila Kunis va Eshton Kutcherning ikkita nafar farzandi bor, juftlik 2015-yilda turmush qurgan. Ular “70-yillar shousi” filmining suratga olish maydonchasida tanishadi. O‘sha vaqtda ularni do‘stlik va professional munosabatlar bog‘lab turgan bo‘lsa, hozirda eng baxtli juftliklardan biri.

Machine Gun Kelly va Megan Foks

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Ular “Bug‘doy dalasidagi kecha” trillerining suratga olish maydonchasida tanishadi va shu zahotiyoq til topishadi. GQ Machine nashriga bergan intervyusida Gun Kelly (haqiqiy ismi Koulson Beyker) qaysi orzularini amalga oshirishga muvaffaq bo‘lganini aytib beradi. Xususan, u maktab davridayoq Megan Foksni sevib qolgan, hatto xonasida Meganning plakati ham bo‘lgan, hozir esa qiz uning sevgilisi. 2022-yil yanvar oyida, tanishganidan bir yarim yil o‘tgach, yulduzlar unashtirildi.

Shahzoda Uilyam va Keyt Middlton

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Shahzoda Uilyam va Keyt Middlton ikkalasi ham Shotlandiyadagi Sent-Endryus universiteti talabaligi davrida tanishgan: yoshlar kampus tashqarisida birga turar joy ijaraga olishadi. Ularning munosabatlari 2004-yilda ma’lum bo‘ladi va 2010-yilda esa turmush qurishadi.

Qirollik sharhlovchisi va biografi Keti Nikol o‘z kitobida Keytning sobiq xonadoshi uning sirini oshkor qilganini aytadi: bir vaqtlar Keyt bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini qattiq sevib qolgan.

Dugonasining gapiga qaraganda, bo‘lajak Kembrij gersoginyasining xonasida shahzoda Uilyamning portreti bo‘lgan. Keyinchalik Keyt buni rad etadi, lekin eri bu haqda hazil qilishni yaxshi ko‘radi.

Jon Krasinski va Emili Blant

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Jon Krasinski turmush o‘rtog‘i Emili Blantni birinchi uchrashuvdayoq sevib qolganini tan olishdan uyalmaydi. Intervyuda u “Qattiqqo‘l xonim” filmi uning sevimli filmi ekanligini ta’kidlaydi.

Ular Los-Anjelesdagi kafeda tanishishadi. Jon bu voqeani shunday eslaydi: “O‘sha payt juda asabiylashganman. Xudoyim, men uni sevib qolganman shekilli, deb o‘ylaganman. Men unga qo‘limni silkib: “Menga yoqasan” deb aytgandim.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yevropa Ittifoqi Kosovodagi zo‘ravonlikni qoraladi va keskinlikni pasaytirishga chaqiradi
Sport
O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bugun tunda Jahon chempionati 1/8 finalida o‘ynaydi
Mahalliy
O‘zbekistonda profilaktik hisobda turgan shaxslar doirasi qisqartirilishi mumkin