“Daryo” nashri yangilangan Chevrolet Traverse’ning imkoniyatlari, qulaylik va texnik yutuqlari haqida videoreportaj tayyorladi.
Premium klassdagi Chevrolet Traverse sayohatlar uchun qulay va eng ilg‘or xavfsizlik xususiyatlariga ega bo‘lganligi bilan oldingilaridan farq qiladi.
Traverse 3.6 litrli V6 dvigatel bilan avtomobilni qulay boshqarishni hamda yonilg‘i tejamkorligini ta’minlaydi. Yetti o‘rindiqli avtomobil qulaylik uchun eng so‘nggi funksiyalar bilan birga ko‘ngilochar hamda xavfsizlik bo‘yicha eng ilg‘or texnologiyalarni taklif etadi.
Rangli 8 dyuymli sensor ekran, 10 ta kolonkadan iborat premium Bose dinamikli multimedia tizimiga ega.
Chevrolet Traverse 2022-yil modelining yangi opsiyalari quyidagilar:
- oldidagi transport vositasiga moslashuvchan kruiz-kontrol
- avtomatik tormoz tizimi;
- to‘liq old va orqa diod faralar;
- o‘chirish funksiyasiga ega start/stop tizimi;
- xavfdan ogohlantiruvchi o‘rindiq;
- oldidagi avtomobilga nisbatan distansiya monitoring sistemasi;
- harakatlanish qatorini saqlash;
- simsiz quvvatlash qurilmasi va boshqalar kiradi.
Boshlang‘ich komplektatsiya: 469 211 034 so‘mdan.
Premiyer AT MY22 komplektatsiya: 647 600 000 so‘m.
Boshlang‘ich komplektatsiyali avtomobilni sotib olish istagida bo‘lgan xaridorlar, kompaniyaning rasmiy dilerlarida ariza qoldirishi yoki rasmiy sayti info@uzautomotors.com orqali onlayn tarzda ariza yuborishi mumkin. To‘plangan arizalarning soniga qarab, kompaniya ushbu avtomobilning yetkazilib berilishini ta’minlaydi