Taniqli turk aktrisasi Fahriye Evjen “Alp Arslon: Buyuk saljuqiy” tarixiy serialining ikkinchi mavsumida suratga tushmaydi
Taniqli turk aktrisasi Fahriye Evjen “Alp Arslon: Buyuk saljuqiy” tarixiy serialining ikkinchi mavsumida ishtirok etmaydi, deb yozadi “Kinoafisha”.
2021-yilning noyabr oyida Turkiyaning TRT1 telekanali sujeti mamlakatning mashhur hukmdorlaridan biri Alp Arslonga bag‘ishlangan serialni ommaga taqdim etdi. Mashhur loyihada bosh rollarni Barish Arduch va Fahriye Evjen ijro etdi. Serialning o‘zi darhol mamlakat televideniyesi reytingida yetakchi o‘rinni egalladi. Natijada kanal rahbariyati loyihani davom ettirishga qaror qildi va 2022-yilning kuzida serialning davomi namoyish etilishi rejalashtirilgan edi. Biroq bosh qahramonlardan birining ijrochisi — Evjenning loyihada ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘ldi.
Jurnalist Birsen Altuntashning so‘zlariga ko‘ra, aktrisa bilan imzolangan shartnomaga ko‘ra, u loyihaning atigi 27 ta epizodida suratga tushishi kerak bo‘lgan. Shuning uchun ham u keyingi kadrlarda ko‘rinish bermaydi. Shartnoma muddatining uzaytirilishi haqidagi barcha mish-mishlar esa haqiqatga zid.
Evjenning o‘zi hozircha vaziyatga rasman izoh bermadi. Internet foydalanuvchilari ta’kidlaganidek, serialning davomida aktrisaning ishtirok etmasligi “Muhtasham yuz yil”ning uchinchi mavsum o‘rtalarida Maryam Uzerlining to‘satdan ketishini eslatadi. U nafaqat muxlislarni, balki loyiha prodyuserlarini ham hayratga solib, suratga olish maydonini tark etgan.
Mavzuga doir: