Bitkoin narxi 5 foizga ko‘tarilib, 31 ming dollardan oshib ketdi.
Coindesk portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 17:00 ga kelib virtual valyutaning qiymati 31 395 dollarga yetdi.
May oyida bitkoin 2020-yilning dekabridan beri birinchi marta 25 500 dollargacha pasaygan edi.
Shuningdek, may oyining birinchi haftasida o‘tgan yilning iyun oyidan buyon bitkoin fondlaridan haftalik eng katta mablag‘ oqimi kuzatildi.
Avvalroq Garantex kriptovalyuta birjasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.