Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

“Haj-2022” mavsumi uchun 1 nafar ziyoratchiga to‘lov miqdori 62 million 900 ming so‘m etib belgilandi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilayotgan brifingda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita axborot xizmati rahbari Ilhom Ma’rupov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, narxlarning oshishiga Saudiya hukumati tomonidan Haj safari narxiga ta’sir qiluvchi qo‘shimcha soliq va majburiy to‘lovlar joriy qilingan, kommunal, transport, elektr-energiya va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar miqdori bir necha baravar (30-40 foiz) oshgani sabab bo‘lgan.

Shuningdek, haj amallarini tashkil etuvchi muassasalarning xizmatlariga 2022-yilda yangi majburiy to‘lovlar joriy etilgan. Shu bois dunyo mamlakatlari uchun haj xizmatlari narxi o‘rtacha 40-45 foizga ko‘tarilgan.

Ma’lumot uchun, bu yil O‘zbekistondan 10 865 kishi Haj safariga boradi. 2019-yilda bu ko‘rsatkich 7 200 nafar edi.

Avvalroq O‘zbekistonda Umra ziyorati qachondan boshlanishi va uning narxlari haqida ma’lumot berilgandi. Unda 2020-yil fevral oyiga qadar Umra ziyorati uchun oxirgi belgilangan to‘lovlarni amalga oshirganlar qo‘shimcha ravishda 4 770 000 so‘m mablag‘ to‘lashi ham keltirib o‘tilgan edi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu qo‘shimcha to‘lov borasida turli mulohazalar bildirilganidan so‘ng, Musulmonlar idorasi holatga izoh berib, koronavirus pandemiyasi Umra xizmatlari ko‘rsatishga ham salbiy ta’sir ko‘rsatganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, mehmonxonada 4 kishilik xonaga 2 nafar ziyoratchi, 50 o‘rindiqli avtobusga 25 kishi joylashtirish kabi talablar o‘rnatilgan. 22-yanvar kuni erta tongda Umra—2022 mavsumining ilk ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgandi.

Keyinchalik Musulmonlar idorasi Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan barcha yirik musulmon mamlakatlarga Umra ziyoratini tashkil etishga ruxsat berilishi ortidan podshohlikdagi barcha xizmatlarga talab oshganini bildirgandi. Bu o‘z navbatida bu o‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun Ramazon oyida tashkil etiladigan Umra tadbirlari narx-navosiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Shu sabab o‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun Umra narxi oshirilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi