Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda aholining jabrlangan toifasi o‘lim jazosini tiklash tarafdori. Bu haqda 3-iyun kuni bo‘lib o‘tgan konstitutsiyaviy komissiya yig‘ilishida Oliy Majlis qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Akmal Saidov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Akmal Saidov

Akmal Saidov
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Akmal Saidovning aytishicha, konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha aholidan kelayotgan takliflardan biri o‘lim jazosini tiklash masalasida bo‘lmoqda.

“Fuqarolardan o‘lim jazosini tiklash kerakligi bo‘yicha takliflar kelmoqda. O‘zbekiston 2008-yilda o‘lim jazosini batamom yo‘q qildi. Bunday jazoni nafaqat tinch vaqtdagi jinoyatlar uchun, balki harbiy urush vaqtida ham bekor qilganmiz. Hozir ham harbiy vaqtdagi jinoyatlar uchun o‘lim jazosini saqlab qolgan davlatlar ko‘p. 1949-yildagi Jeneva konvensiyasida o‘lim jazosini qo‘llashga ruxsat berilgan. Xalqaro huquq ham o‘lim jazosini qo‘llash mumkin, deydi. Lekin biz insonparvarlik nuqtayi nazaridan uni qo‘llamaymiz. Aholining jabrlangan toifasi o‘lim jazosini tiklash tarafdori. Davlat o‘zi bermagan narsani olib qo‘yishga haqqi yo‘q. Insonni tug‘ilishi, bu Allohning in’omi, ota-onasining harakati. Unga davlat umr bermaganmi, u umrni tortib olishi ham kerak emas. Hozir boshqa bir gap aytmoqchiman. Ya’ni Konstitutsiyaning 24-moddasiga “O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanadi”, degan jumlani qo‘shaylik”, – dedi konstitutsiyaviy komissiya rahbari.

Akmal Saidovning ta’kidlashicha, o‘lim jazosini tiklash to‘g‘risidagi takliflarni qabul qilish murakkab masala.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Turkiya yangi dunyo tartibining markazida bo‘lishi kerak” — Erdo‘g‘on
Mahalliy
Andijonda 41 kishi jarohatlangan avtohalokat qurbonlari soni 4 nafarga yetdi
Mahalliy
O‘zbekistonda pomidor narxi barqarorlashdi