• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Ukrainani demokratlashtirish va yangi hujumlardan himoya qilish”. Bayden AQSHning maqsadlarini sanadi

    AQSH o‘zi yoki ittifoqchilari hujumga uchramaguncha Ukrainadagi mojaroga to‘g‘ridan to‘g‘ri kirishmoqchi emas. Bu haqda AQSH prezidenti Jo Bayden The New York Times gazetasiga yozgan maqolasida ta’kidlagan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Bayden Ukrainadagi janglar to‘rt oydan beri davom etayotganiga e’tibor qaratdi va bunday sharoitda AQSHning maqsadlarini aniq belgilash zarur, deb ta’kidladi. “Amerikaning maqsadi oddiy: biz demokratlashgan, mustaqil, suveren va gullab-yashnagan Ukrainani ko‘rishni, uni keyingi tajovuzlardan himoya qilish vositalariga ega bo‘lishini istaymiz”, — dedi u.

    Bayden AQSH nimalar qilishi va nimalar qilmasligini ham sanab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington quyidagilarni amalga oshiradi:

    • Kiyevni “Ukrainadagi jang maydonlaridagi asosiy nishonlarga aniqroq zarbalar yo‘llash” imkonini beradigan zamonaviy raketa tizimlari va o‘q-dorilar bilan ta’minlash;
    • zamonaviy qurol-yarog‘lar, jumladan, Javelin tankka qarshi raketalari, Stinger zenit raketalari, artilleriya va yuqori aniqlikdagi raketa tizimlari, radarlar, uchuvchisiz uchar apparatlar, Mi-17 vertolyotlarini yetkazib berishni davom ettirish;
    • Kiyevga moliyaviy yordam ko‘rsatishni davom ettirish;
    • ittifoqchilar va sheriklar bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalar masalasida hamkorlik qilish;
    • global oziq-ovqat inqirozini bartaraf etish bo‘yicha ish olib borish;
    • Yevropa ittifoqchilari va boshqa mamlakatlarga Rossiyaning yoqilg‘isiga qaramligini kamaytirishga yordam berish;
    • NATOning sharqiy qanotini mustahkamlash.
    Shu bilan birga, Baydenning ta’kidlashicha, Rossiya va NATO o‘rtasida urush chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Vashington quyidagilarni qilmaydi:
    • Rossiyada rejimni o‘zgartirishga urinish;
    • Ukrainada jang qilish yoki rus qo‘shinlariga hujum qilish uchun amerikalik askarlarni yuborish;
    • Ukrainani o‘z chegaralaridan tashqariga zarba berishga undash;
    • Ukrainaning Rossiyaga “har qanday hududiy yon berishi” uchun bosim o‘tkazish.
    Baydenga ko‘ra, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar Moskva ta’kidlayotganidek, Kiyev muzokaralarni “sabotaj qilgani” uchun emas, balki Rossiya tomoni “Ukrainaning imkon qadar ko‘p qismini nazoratga olishga” qaror qilgani uchun to‘xtab qolgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Kiyevni “urushga muzokaralar yo‘li bilan barham berishga” urinishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

    AQSH prezidenti o‘z maqolasida, dunyoda ko‘pchilik yadro qurolidan foydalanish ehtimolidan xavotirda ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Rossiyaning yadrodan foydalanish niyatidan dalolat beruvchi belgilarni ko‘rmayapti.

    Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan beri G‘arb davlatlari va NATO Kiyevga bir necha bor qurol-yarog‘ yetkazib bergan, biroq ayni paytda ular Moskvaning reaksiyasidan qo‘rqib, og‘ir texnikalarni jo‘natishdan tiyilmoqda.

    31-may kuni AQSH prezidenti Jo Bayden Vashington Kiyevga Rossiya hududiga yetib bora oladigan raketa komplekslarini bermasligini aytgan edi. The New York Times’ga yozgan maqolasida u Kiyevga “jang maydonidagi asosiy nishonlarga aniqroq zarba yo‘llash” imkonini beradigan ilg‘or raketa tizimlari va o‘q-dorilar yetkazib berilishini e’lon qildi.

    Mavzuga doir:

    • Qodirov Zelenskiyga Ukrainani qanday qutqarish haqida maslahat berdi
    • AQSH prezidenti Ukrainadagi vaziyatni global muammo deb atadi
    • AQSh o‘z elchixonasini qo‘riqlash uchun Kiyevga maxsus bo‘linmalarini yuborishi mumkin

    01.06.2022, 19:01   Izoh (0)   8274
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zelenskiy Rossiya hududiga hujum qilish ehtimolini rad etdi

    01.06.2022, 18:28

    Tailand barcha toifadagi sayyohlar uchun karantinni bekor qildi

    01.06.2022, 17:30

    OPEK Rossiyani chetlashtirishni ko‘rib chiqmoqda. Bu nimani anglatadi?

    01.06.2022, 15:47

    Donbassda bunkerlardagi hayot va velosipedda qochishga shaylanayotgan odam. Urushning 97-kunidan fotoreportaj

    01.06.2022, 14:43

    “Yevroittifoqning deyarli barcha yirik davlatlari Ukrainaga YIga nomzod maqomini berishga qarshi” — Italiya bosh vaziri

    01.06.2022, 14:21

    “Ukraina sharqida har kuni 60—100 nafar askarimizni yo‘qotyapmiz” — Zelenskiy Donbassdagi vaziyat haqida

    01.06.2022, 12:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” “PSJ”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 6 iyul, 10:30

    O‘zbekistonda portlovchi va zaharli moddalar aylanmasiga talablar kuchaytirildi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 10:20

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” “Borussiya D”ni mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 6 iyul, 09:50

    O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika kompaniyalari qo‘shma korxona tashkil etdi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 09:40

    Arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmang — Ichki ishlar bosh boshqarmasi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 08:56

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.