Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ukrainada bo‘layotgan voqealar nafaqat Yevropa uchun, balki butun dunyo uchun ham muammo hisoblanadi, degan fikrda AQSH prezidenti Jo Bayden. U bu haqda Xavfsizlik bo‘yicha to‘rt tomonlama muloqot (QUAD, o‘z ichiga AQSHdan tashqari Avstraliya, Hindiston va Yaponiyani oladi) mamlakatlari yetakchilari yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro huquq va inson huquqlari “ular dunyoning qayerida buzilayotganidan qat’i nazar, doim himoya qilinishi kerak”. “Bu shunchaki Yevropaning muammosidan kattaroq narsa. Bu global muammo”, — dedi u Ukrainadagi vaziyat haqida.

Amerika prezidenti AQSH Rossiyaning Ukrainadagi harakatlariga “global javob” berish uchun sheriklar bilan hamkorlikni davom ettirishini ta’kidladi. “Biz umumiy tariximidagi qora davrni boshdan o‘tkazyapmiz”, — dedi Bayden.

24-fevral kuni Vladimir Putin Ukrainani “demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish” (qurolsizlantirish va natsizmni yo‘qotish) bo‘yicha harbiy operatsiyani e’lon qildi. G‘arb mamlakatlari ushbu qarorni qoralab, bunga javoban bir nechta sanksiyalar paketlarini joriy qildi, shuningdek, Kiyevga qurol yetkazib berishni kuchaytirdi. 21-may kuni AQSH prezidenti Ukrainaga 40 milliard dollarlik yordam ajratish haqidagi qonunni imzoladi.

Avvalroq Pentagon rahbari 20 ta davlat Kiyevga qo‘shimcha harbiy yordam yuborishini ma’lum qilgandi. Xususan, Daniya “Ukrainaga qirg‘oqlarini himoya qilishda yordam berish” uchun Harpoon kemaga qarshi raketani uchiruvchi uskuna hamda o‘q-dorilar berishga rozi bo‘ldi. Ukraina Chexiyadan “katta ko‘mak”, jumladan hujumchi vertolyotlar, tanklar va raketa tizimlarini oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)