Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Prezidentning “Iste’mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlashga va monopoliyaga qarshi choralarning ta’sirchanligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Hujjatga muvofiq Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining bozordagi narx-navoning asossiz oshirish holatlari bo‘yicha vakolatlari kuchaytirilmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining keskin tebranishi davrida:

  • raqobatga zid harakatlar natijasida narxlarni sun’iy oshirishga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan choralarni qo‘llash;
  • narxlarning asossiz o‘sishi holatlarini aniqlash uchun mavjud zaxiralarini xatlovdan o‘tkazish va xatlovda aniqlangan mahsulotlarning ortiqcha hajmini savdoga chiqarish bo‘yicha ogohlantirish va ko‘rsatma berish;
  • aniqlangan sifatsiz mahsulotlarni iste’mol muomalasidan chiqarish to‘g‘risida ishlab chiqaruvchi va sotuvchilarga ko‘rsatmalar berish;
Iste’mol tovarlar savdosiga ixtisoslashgan savdo komplekslari, tarmoqlari va bozorlarda:
  • asosiy oziq ovqat mahsulotlari narxlarini asossiz va sun’iy oshirish, ularga bo‘lgan tanqislikning vujudga keltirishga qaratilgan g‘ayrihuquqiy harakatlarni;
  • iste’mol tovarlarga narx-navoni shakllantirishning belgilangan mexanizmlariga rioya etilishini;
  • bozorlar va savdo tarmoqlariga kirish bo‘yicha sun’iy to‘siqlar va cheklovlarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berish vakolatlari berilmoqda.
Ushbu vakolatlar avalambor bozorda narxlarning sun’iy oshirilishi va mahsulotlar tanqisligini keltirib chiqarishning oldini olishga qaratilgan.

Bunday chora-tadbirlar narx-navoni barqarorlashtirishga qaratilgan yana bir harakat bo‘lib, respublika aholisining arzon va sifatli asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish asosiy masala hisoblanadi.

“Shunday ekan, fuqarolarimiz tomonidan ham zaruriy iste’mol tovarlarini isrof qilmaslik, respublikadagi tadbirkorlik subyektlarining vujudga kelishi mumkin taqchillik vaziyatidan foydalanib qolmasliklari hamda narxlarning asossiz oshirmasliklarini so‘rab qolamiz”, — deyiladi qo‘mita xabarida.

Avvalroq O‘zbekistonda 22 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari 2023-yilgacha bojxona bojlaridan ozod etilishi, mamlakatda o‘simlik yog‘ini eksport qilish vaqtincha taqiqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi