Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon tarixida birinchi marta qochqinlar soni 100 million kishiga yetdi, bunga Ukraina va boshqa mamlakatlardagi harbiy mojarolar sabab bo‘ldi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar ishlari bo‘yicha Oliy komissarligi boshqarmasi bayonotida aytilgan.

Foto: NurPhoto

Foto: NurPhoto
“Yuz million — bu juda og‘riqli raqam, bir vaqtning o‘zida ham hushyor, ham bezovta qiladi. Bu aslida hech qachon o‘rnatilishi kerak bo‘lmagan rekorddir”, — dedi BMTning qochqinlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari Filippo Grandi.

Uning fikricha, bu holat “halokatli mojarolarni hal qilish va oldini olish, ta’qiblarni tugatish va begunoh odamlarni o‘z uylarini tark etishga majbur qiladigan asosiy sabablarni bartaraf etish uchun trevoga signali” bo‘lib xizmat qiladi.

BMT Qochqinlar ishlari bo‘yicha Oliy komissarligining ta’kidlashicha, 2021-yil oxiriga kelib, Efiopiya, Burkina-Faso, Myanma, Nigeriya, Afg‘oniston va Kongodagi mojarolar tufayli dunyo bo‘ylab majburiy ko‘chirilganlar soni 90 million kishiga yetgan. 2022-yilda ularga Ukrainadagi urush qo‘shildi, bu mamlakatdan tashqariga (BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 6 million kishi) va mamlakat ichida (8 million) yirik migratsiya to‘lqiniga olib keldi.

Dunyo bo‘ylab 100 milliondan ortiq qochqinning 53 millioni mojaro sodir bo‘layotgan hudud ichkarisida ko‘chishga majbur bo‘lgan.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 20-may holatiga urush boshlanganidan buyon mamlakatni tark etgan ukrainaliklar soni 6 million 444 ming kishini tashkil etadi. Ularning aksariyati Polshaga 3 million 463 ming kishi, Ruminiyaga 943 ming, Rossiyaga 887 ming, Vengriyaga 633 ming, Moldovaga 468 ming, Slovakiyaga 435 ming, Belarusga 27 ming kishi ketgan.

17-may kuni Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Markin Pshidach Varshava ukrainalik qochqinlarni, shuningdek, ukrainaliklarni qabul qilgan polshaliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun Yevrokomissiyadan qo‘shimcha mablag‘ qidirayotganini aytdi. Kerakli yordam miqdori qancha ekaniga Pshidach aniqlik kiritmadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Mahalliy
Toshkentda avtobusning yurgan masofasiga qarab to‘lov qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi
Mahalliy
Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank