Decathlon sport tovarlari tarmog‘i Fransiya shimolidagi do‘konlarida kanoe va baydarkalar sotishni to‘xtatdi. Britaniyaga borishni istagan muhojirlarning La-Mansh bo‘g‘ozini kesib o‘tishda ulardan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun shunday qilingan, deb yozadi BBC.

Foto: Shutterstock

Qayiqlar faqat Fransiyaning Angliya bilan suvli chegarasiga bevosita tutashgan Kale shahri va Grand Sent kommunasidagi savdo nuqtalaridan olib tashlandi, mamlakatning qolgan qismida ularni bemalol sotib olish mumkin.

Rasmiy bayonotga ko‘ra, Decathlon bu qadamni muhojirlarning o‘zidan tashvishlanish bilan oqlamoqda, La-Mansh orqali Britaniyaga yetib borishga urinish ularning hayoti uchun xavflidir. “Buning ustida bahslashib bo‘lmaydi, chunki o‘tgan kuni uchta qochoq kanoeda bo‘g‘ozni zabt etishga qaror qilib, izsiz g‘oyib bo‘ldi. Bu ‘sportchi-baydarchilar’ning kichik bir qismi xolos, mingdan ortiq muhojirlar bir vaqtning o‘zida Tumanli Albionga qayiqda borishga harakat qiladigan kunlar ham bo‘ladi, joriy yil boshidan buyon “mehmonlar” bunday sarguzashtga 14 ming martadan ortiq yo‘l olgan”, — deyiladi bayonotda.

Shunisi e’tiborga loyiqki, aynan Decathlon muhojirlarning qayiq sotib olish uchun sevimli joylaridan biriga aylangan. Do‘konlar tarmog‘i Dyunkirk yaqinida qulay tarzda joylashgan bo‘lib, u yerdan Angliyagacha “bir qadam”. Shuning uchun, mamnun mijozlar qarindoshlari va do‘stlari bilan xariddan so‘ng darhol ushbu qiziqarli sayohatda o‘z kuchini sinab ko‘rishga oshiqadi.

So‘nggi kunlarda muhojirlar Fransiyada turib Tumanli Albionni shu tarzda qamal qilmoqda. Hozir Buyuk Britaniyaning qoq ro‘parasida joylashgan Kale port shahrida Osiyo va Shimoliy Afrika mamlakatlaridan kelgan bir necha ming muhojirlar to‘plangan. Ular Fransiyada qolishni istamasdan, Buyuk Britaniyaga joylashish uchun qayiqlarda bo‘g‘ozni kesib o‘tishga intilmoqda, Angliyada ular ancha katta moddiy yordamga umid qilmoqda. Biroq Britaniya chegarachilari hukumatdan qat’iy buyruq olagn: qochqinlarni ushlab, ularni qit’aga qaytarish. Birgina o‘tgan juma va shanba kunlari sohilni qo‘riqlash kemalari Tumanli Albionga borishga uringan 1100 kishini qaytarib yubordi.

Parijda bu amaliyot “g‘ayriinsoniy” deb ataldi. Fransiya politsiyasi muhojirlarning La-Mansh bo‘ylab suzib o‘tishiga unchalik to‘sqinlik qilmayapti. Hukumatda Kaleda keng yoyilgan “mehmonlar” lagerini nazorat qilish uchun ham, qochqinlarning qayiqlarini kuzatish uchun ham yetarli mablag‘ yo‘q. Londondan sado chiqmayapti. Biroq fransuzlar omadsizlikka uchragan suzuvchilarga yordam berishda davom etmoqda. Masalan, 16-noyabr kuni mahalliy chegara xizmati 272 kishini suvdan qutqarib oldi. Ammo Yelisey saroyi muhojirlarga bosimni kuchaytirmoqda. Xususan, yaqinda mamlakat shimolida qochqinlar lageri buzib tashlangan, politsiya o‘nlab kontrabandachilarni qo‘lga olgan.