Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

“Gazprom” Finlyandiyaga gaz eksportini to‘xtatdi. Bu haqda Finlyandiyaning Gasgrid operatoriga tayanib, Reuters xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Buni Finlyandiyaning Gasum davlat gaz kompaniyasi ham tasdiqladi. Gaz yetkazib berish bugun, 21-may kuni Toshkent vaqti bilan 9:00 dan to‘xtashi ma’lum qilindi.

Finlyandiya Rossiyaning “Gazprombank” tomonidan xorijiy valyutani rublga konvertatsiyasi bilan gaz uchun to'lash talabini bajarishdan bosh tortdi.  Bolgariya va Polsha ham Moskva talablaridan bosh tortgani uchun gaz yetkazib berishdan uzib qo‘yilgan edi. 

Rossiya Finlyandiyaga qariyb 50 yil davomida gaz yetkazib berdi. 

Finlyandiya o'zining gaz iste’molining katta qismini Rossiyadan import qiladi, ammo bu yonilg'i mamlakat energiya iste’molining atigi 5 foizini tashkil qiladi.

Avvalroq Rossiya gaz uchun to‘lovni rublda talab qilgani uchun sudga tortilayotgani haqida xabar berilgan edi. 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi