Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshkent viloyati Chirchiq shahrida 80 gektar yer maydonida davlat-xususiy sherikchilik asosida o‘rmon tipidagi istirohat bog‘i va dam olish maskani barpo etiladi. Bu haqda Telegram’dagi “Nigoh” kanali xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Hujjatga ko‘ra, istirohat bog‘i va dam olish maskani aholining dam olishi uchun qulay bo‘lgan, daraxtzorlar bilan qoplanadi.

Shuningdek, bolalar shaharchasi, ekoferma (hayvonot bog‘i), skeyt-park, sun’iy tirmashish qoyasi, turli xildagi sport maydonchalari va attraksionlar, yugurish va veloyo‘laklar, tabiiy amfiteatr maydoni barpo etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yilning avgustida prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi istirohat bog‘larining bugungi holatini tanqid qilgandi. “Respublikadagi 300 ga yaqin istirohat bog‘i turli vazirlik va idoralarga qarashli bo‘lib, ularning aksariyati qarovsiz, desak bu ham haqiqat. Misol uchun, Andijon shahrida Madaniyat vazirligi va Yoshlar ittifoqiga qarashli 3 ta istirohat bog‘i ta’mirtalab ahvolda”, — degandi davlat rahbari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Mahalliy
O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasidagi neytral hududda qamishzor yoqib yuborildi (video)