Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ma’lumki, sifatli idishlar arzon narxda sotilmaydi va shuning uchun hamma iloji boricha ularni uzoq vaqt xizmat qilishini xohlaydi. Ammo ko‘pincha idishlarga o‘z qo‘llarimiz bilan zarar berayotganimizga shubha qilmaymiz. Afsuski, noto‘g‘ri foydalanish natijasida esa ularga putur yetadi.

Foto: “Noviy ochag”

Foto: “Noviy ochag”

Issiq idishni sovuq suvga botirish

Hech qachon issiq idishni sovuq suvga botirmaslik kerak. Chunki keskin harorat farqi tufayli termal shok paydo bo‘ladi. Bu idish qirralarining deformatsiyasiga, idishning pastki qismida yoriqlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Idishning yoki tovaning pastki qismi deformatsiyalangan bo‘lsa, u keyinchalik tekis turmaydi va bu noqulaylik tug‘diradi. Taom tayyorlash vaqtida esa idishning ag‘darilib ketishi xavfi bo‘lishi mumkin. Deformatsiya, shuningdek, tagiga olmaydigan idish qoplamasining ko‘chishiga olib keladi.

Tagiga olmaydigan idishlarni haddan tashqari qizdirish

Teflon yoki keramika tagiga olmaydigan idishlardan faqat o‘rta va past haroratda foydalanish mumkin. Yuqori harorat vaqt o‘tishi bilan maxsus qoplamani yo‘q qiladi va bu idishlar sog‘liq uchun zararli bo‘lgan bug‘larni chiqarishni boshlaydi. Polimer grippining alomatlari haqida eshitganmisiz? U “teflon” deb ham ataladi.

Sovuq suvga tuz qo‘shish

Zanglamaydigan po‘latdan yasalgan idishning tagida yuvib bo‘lmaydigan oq nuqtalarni ko‘rganmisiz? Ular tuzdan paydo bo‘ladi, ba’zan, masalan, makaron pishirishda sovuq suvga tuz qo‘shiladi. Tuz sovuq suvda yaxshi erimaydi va shunchaki pastga cho‘kib, oq rangli dog‘lar qoldiradi. Shuning uchun tuzni qaynab turgan suvga solish lozim.

Cho‘yan va yog‘och idishlarni suvga bo‘ktirish

Bu keng tarqalgan idish yuvish usuli quyma temir, yog‘och taxtakachlar yoki shunga o‘xshash idishlarga to‘g‘ri kelmaydi. Yog‘och idishlar shunchaki suvni o‘ziga shimib oladi va tezda sinib ketishi mumkin. Cho‘yan idishlarni suvda bir necha soatga qoldirish uning himoya qatlamining yo‘q qilinishiga olib keladi va zanglay boshlaydi.

Marmar yoki shishadan yasalgan taxtakachdan foydalanish

Shisha, marmar yoki granitdan yasalgan taxtakachlar juda zamonaviy va professional ko‘rinadi, ularni tozalash oson, lekin, afsuski, ular pichoqlarning o‘tkirligini yo‘qotishi mumkin. Agar pichoqlar o‘tkir bo‘lsa, yog‘och yoki plastmassa taxtakachlardan foydalanish yaxshiroq.

Alyumin idishlarda nordon taom pishirish

Hech qachon nordon sho‘rvalar yoki souslarni alyumin yoki cho‘yan idishlarda pishirmaslik kerak. Kislota metall bilan reaksiyaga kirishadi va shunchaki taomning ta’mini buzadi. Agar bu kabi taomni uzoq vaqt pishirishni yoki qaynatishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, unda keramika, emal yoki boshqa materialdan yasalgan idishlarni tanlash tavsiya etiladi.

Tagiga olmaydigan idishlarni noto‘g‘ri parvarish qilish

Tagiga olmaydigan qoplamali idishlarni yuvishda hech qanday qattiq materiallardan foydalanmaslik kerak: metall gubkalar va tozalash vositalari idishlarni qirib yuboradi.

Idishlarni noto‘g‘ri saqlash

Pichoq va boshqa oshxona asboblari doimo birgalikda ochiq holda saqlansa, ular osongina shikastlanadi va qiriladi. Saqlash vaqtida bunday muammolarning oldini olish uchun ularni qog‘oz yoki oshxona sochiqlari bilan o‘rab qo‘yish mumkin. Pichoqlarni yaxshi saqlash uchun devorga yoki maxsus qutilarga solib qo‘yish tavsiya etiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyada “Saroy to‘ntarishlari”ning boshlanishi, parvoz vaqtida portlab ketgan “Chellenjer” va general Vlasovning xoinligi. Kun xronologiyasida 28-yanvar
Mahalliy
O‘zbekistonda Italiyaning agrar sohaga oid universitetlari filiallari ochiladi
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi