Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Shu kunlarda “Bravo” jamoasi Qirg‘iziston, Rossiya va Qozog‘iston davlatlarida konsert dasturlarini namoyish etmoqda. Qizig‘i shundaki, xorijdagi konsertlarda Shahlo Zoirova ko‘rinmayapti. Aktrisa Nargiza Salmonova jamoa bilan xorijdagi konsertlarda ishtirok etib, Shahlo Zoirovaning rollarini ijro etmoqda. Nahotki Shahlo Zoirova jamoadan ketgan bo‘lsa? Ushbu savolga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova “Bravo” kulgi jamoasining konsert tashkilotchisi Abdulaziz Xo‘jamurodov bilan bog‘landi.

Foto: Instagram / @otabekmirzaholov

— May oyidagi gastrol safarlari bo‘yicha aprel oyining so‘nggi kunlarida aniq to‘xtamga keldik. Shahlo Zoirovaning to‘y xizmatlarini esa odamlar bir necha oy avval band qilib qo‘yishadi. Aslida Shahlo opam xorijdagi konsertlarga borishni istagandi, ammo shuncha to‘y egalariga vaziyatni tushuntirish, ularni rozi qilish oson emas. Keyin xorijliklardan avval hamyurtlarimizning xizmatlarini qilish kerak, degan to‘xtamga keldik. Vaziyat shuni taqozo qilgani uchun Shahlo Zoirova Toshkentda qoldi. Uning o‘rniga Nargiza Salmonova qabul qilindi, — deydi Abdulaziz Xo‘jamurodov.

Aktrisa Nargiza Salmonova xorijdagi konsertlar yakunlangach, jamoa tarkibidan chetlashtiriladimi yoki hamkorlikni davom ettiradimi? Bu savolimizga tashkilotchi shunday javob berdi?

— Nargiza Salmonova rasman jamoa tarkibiga qabul qilindi. Endi u ham qolgan konsert dasturlarida ishtirok etadi. Rossiyadagi konsertlar yakunlangach, jamoa Qozog‘istonga safar qiladi. So‘nggi konsert 29-may kuni Turkiston shahrida bo‘lib o‘tadi. Nasib qilsa, kuz oyida “Bravo” jamoasining 10 kunlik konsert dasturi o‘tkaziladi. 10—20-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan konsert dasturimizda jamoamiz to‘liq tarkibda ishtirok etadi. Konsert chiptalari “Xalqlar do‘stligi” saroyi kassalarida sotilmoqda, — deydi Abdulaziz Xo‘jamurodov.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda bank xodimlari bankomatlarga joylashtirish uchun ajratilgan 111 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
Mahalliy
O‘zbekistonda magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovini qoplab berish tartibi belgilandi
Mahalliy
Toshkentdagi klinikada janjal ko‘targan opa-singilga sud hukmi o‘qildi