Mashhur turk aktrisasi Fahriye Evjen yaqinda Qatarga tashrif buyurdi va u yerda muhim shartnomani imzoladi. Gap aktrisani Turkiyaning yuziga aylantiradigan yirik kampaniya haqida ketmoqda, deb yozadi “RusTurkey.com”.
Aktrisa Qatar poytaxti Dohadagi 18-zargarlik buyumlari va soatlar ko‘rgazmasida Turkiyaning vakili sifatida ishtirok etgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu jahon ko‘rgazmasida bir qancha davlatlar ham ishtirok etgan.
Qolaversa, xalqaro hamjamiyat tomonidan Fahriyega qiziqish ortib borayotgani ham qayd etildi. Uning “Alparslon” tarixiy serialidagi roli ko‘plab mamlakatlar tomoshabinlarida katta taassurot qoldirgan. Tashrif davomida Evjen Turkiyaning Dohadagi elchixonasida ham bo‘lib qaytgan.
Izoh (0)