• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Brijit Makron: Fransiya prezidenti ortida turgan ayol haqida nimalarni bilamiz?

    Emmanuel Makron siyosiy maydonda o‘zini qanchalik dadil tutsa, uning barcha g‘alabalari ortida nafaqat uning, balki uni 25 yildan beri ilhomlantirib kelayotgan ayol — Brijit Tronyening ham mehnati yotgani shunchalik yaqqol ko‘zga tashlanadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Eri Emmanuel Makron saylanishidan oldin 64 yoshli (o‘sha paytda) Brijit Tronye o‘z intervyusida 2017-yilgi saylovlarda g‘alaba qozonishga umid qilayotganini hazil aralash aytgandi: “Axir 6 yildan keyin 70 yoshga to‘laman”. Makronning rafiqasi hech qachon shaxsiy ambitsiyalarini yashirmagan: albatta, uning Emmanueli g‘alaba qozongan saylovlardan so‘ng, u kelajakda Fransiyaning birinchi xonimi rasmiy lavozimiga zamin yaratish niyatida.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    2016-yil iyul oyida Fransua Ollandning jamoasida moliya vaziri bo‘lib, o‘zining siyosiy ambitsiyalarini amalga oshirish uchun deyarli hech qanday imkoniyatga ega bo‘lmagan 38 yoshli Emmanuel Makron o‘zining birinchi mitingini o‘tkazishga qaror qildi. Tadbir joyi sifatida siyosatchi Seynning chap qirg‘og‘idagi zamonaviy maydonni tanladi.

    Olomon kelishidan bir necha soat oldin Emmanuel o‘z jamoasi, o‘zining siyosiy harakati — En marche (na o‘ngga, na chapga, balki Makronning o‘zi ta’kidlashicha, butun respublikani tubdan o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan markaziy harakat)ga a’zo amaldorlar qarshisida mashq qildi. “Biz — umid partiyasimiz”, dedi siyosatchi o‘zining bir nechta tinglovchilari oldida.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Makronning nutqini goh-gohida “Ovozingizga e’tibor bering, pasaytirmang” kabi ogohlantirishlar bilan hokimona ayol ovozi to‘xtatib turardi. Bu Brijit Makronning ovozi edi, go‘yo teatr direktori yosh aktyorga maslahat berayotgandek edi. Keyin Emmanuel muloyimlik bilan undan so‘raydi: “Azizam, menga nutqimdagi kamchiliklarni aytib tur. Gaplarim juda cho‘zilib ketyaptimi?” Shundan keyin u hech ikkilanmasdan, butun olomon oldida tan oladi: “Brijit har doim mening nutqlarim juda uzun ekanligini aytadi”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Emmanuel Makron rafiqasining teatr sohasidagi iste’dodi prezidentlik poygasining bo‘lajak favoritining keyingi shov-shuvli chiqishlarida markaziy rol o‘ynadi. Shu tariqa Makron Yelisey saroyiga g‘alaba bilan kirganidan so‘ng, darhol Brijitni barcha qoidalarga muvofiq taqdirlay boshladi. Aniqrog‘i, xalqning shubhalariga qaramay, unga Fransiyaning birinchi xonimi sifatida alohida siyosiy maqom berdi.

    Makrondan oldin saylangan birorta ham prezident bunday qilmagan, biroq Emmanuel qat’iy: bugungi kunda Brijitning faoliyati maxsus Shaffoflik Xartiyasi bilan tartibga solinadi.

    Brijit e’tiborni qaratmoqchi bo‘lmagan narsa Emmanuel bilan 25 yosh farqi. Hozir u 68 yoshda. Eri prezident etib saylanishidan oldin u xususiy iyezuit maktabida lotin va fransuz adabiyoti o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan va Emmanuelning o‘zi bir paytlar uning o‘quvchisi bo‘lganini yashirmagan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Brijit Tronye Fransiya shimolidagi Amyenda, shahar bo‘ylab tarqalgan mashhur mahalliy qandolatchilik do‘konlariga ega burjua oilasida tug‘ilgan. 20 yoshida u bankir Andre-Lui Ozierga turmushga chiqadi. Bu nikohdan Brijit uch farzand ko‘rdi. O‘qituvchi bo‘lishdan va nufuzli iyezuit maktabiga kirishdan oldin u Pas-de-Kaledagi Savdo-sanoat palatasida matbuot kotibi bo‘lib ishlagan.

    Brijit ilk bor Emmanuel bilan tanishganida yigitcha 15 yoshda edi. Brijitning o‘rtancha qizi esa u bilan bir sinfda o‘qigan. Bo‘lajak sevishganlar teatrlashtirilgan spektakl yaratish davomida yaqinlashib ketadi: Emmanuel intiluvchan aktyor edi, Brijit esa drama to‘garagini boshqargan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Bir paytlar mashhur juftlik haqida “Les Macron” nomli kitob nashr etgan yozuvchilar Kerolayn Derrier va Kendis Nedelekka Brijit: “Men uni hech qachon o‘quvchim deb hisoblamaganman”, deb tan oldi. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlar haqida mish-mishlar tarqalgach, Emmanuelning ota-onasi bolani Parijdagi nufuzli litseyga jo‘natishadi. Ammo sevgi, sir emaski, vaqtga ham, masofaga ham bo‘ysunmaydi.

    O‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, sevishganlar turmush qurishdi. To‘y Le-Tuke plyaj kurortidagi shahar hokimiyatida bo‘lib o‘tdi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    To‘ydagi nutqi davomida Emmanuel Brijitning ota-onasi va farzandlariga ularning nikohini qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi. Yosh kuyovning tan olishicha, u va uning sevgilisi “odatiy juftlik” bo‘lmasa ham, ular “haqiqiy juftlik”. Brijitning bugungi kunda yettita nabirasi bor. Albatta, ular Emmanuelni bobo deyishmaydi, lekin ular unga inglizcha yoqimli so‘z bilan — “daddy” deb murojaat qilishadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Brijit birinchi marta 2014-yilda Emmanuel Fransua Olland sotsialistik hukumatida moliya vaziri lavozimiga tayinlanganida e’tibor markaziga tushgan edi. Qizig‘i shundaki, u Parijdagi eng yaxshi katolik maktablaridan biridagi o‘qituvchilik faoliyatini to‘xtatmadi va o‘z shogirdlariga faqat bitta gapni aytdi: “Siz ko‘p narsalarni eshitasiz — ham haqiqat, ham yolg‘on. Lekin men bular haqda hech qachon gapirmayman”.

    Shunga qaramay bir yil o‘tgach, Brijit baribir maktabni tark etdi. U o‘zini erining karyerasiga bag‘ishlamoqchi ekanligini aytdi. Shundan so‘ng darhol yig‘ilishlarida qatnasha boshladi va tez orada Iqtisodiyot, Moliya va sanoat vazirligining ajralmas qismiga aylandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Brijit adabiyot va teatrga telbalarcha oshiq bo‘lib, Parijdagi barcha madaniy tadbirlarda vazirning rafiqasi sifatida doimiy ravishda qatnashardi. U eriga aloqalar o‘rnatishda yordam berdi, hatto bir oqshomda ikkita ijtimoiy tadbirni tashkil etishga muvaffaq bo‘ldi. Yillar davomida uning erini qo‘llab-quvvatlashi kuchaydi va Makron jamoasidagi insayderning so‘zlariga ko‘ra, Brijit hali ham uning orqasida tog‘ kabi turibdi.

    Bugungi kunda Makron xotinini faol ravishda omma oldiga olib chiqadi va paparatssilarga ularni birga suratga olish hamda minglab fotosuratlarini gazeta va jurnallarda nashr etish imkonini beradi. Fransiya Nikolya Sarkozi davridan beri bunday xatti-harakatlarni ko‘rmagan.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Er-xotinning to‘yida haydovchilik qilgan va hozirda Makron jamoasi a’zosi bo‘lgan fransuz iqtisodchisi Mark Feratsi ularning munosabatlarini shunday ta’riflaydi: “Ha, ular oddiy juftlik emas. Ammo ular bir-birini 20 yil oldin sevib qolishgan va o‘shandan beri his-tuyg‘ulari kuchaygan. Ularning hikoyasi juda oddiy va shuni tan olish kerakki, odamlar mana shunday bir-birini juda qattiq sevib qolishlari mumkin, ularning sevgisi esa hech qachon so‘nmaydi”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Mavzuga doir:

    • Birinchi xonimlar: prezident va qirollarning mashhurlikda ulardan qolishmaydigan rafiqalari (foto)
    • Birinchi xonimlar amal qilishi shart bo‘lgan etiketlar: prezidentlarning rafiqalariga nima qilish mumkin-u, nimalar mumkin emas (foto va video)
    • Kiyinish borasida o‘ziga xos didga ega bo‘lgan birinchi xonimlar. Ularning siri nimada? (foto)

    16.05.2022, 19:41   Izoh (0)   38565
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fahriye Evjen yangi xalqaro loyihada Turkiyaning yuziga aylandi

    16.05.2022, 18:45

    Tashqi ko‘rinishi tufayli tanqidga uchraganiga qaramay, kinoda muvaffaqiyatga erishgan Bollivud aktyorlari (foto)

    16.05.2022, 16:45

    Instagram: Farzandli bo‘lgan Bahora Arslonova, hashamatli garderobini ko‘rsatgan Malika Ravshanova, Anjelina Jolining Mirzabek Xolmedov bilan bog‘liq “armoni”

    15.05.2022, 22:30

    Yetimlikda o‘tgan bolaligiga qaramay muvaffaqiyat qozongan yulduzlar (foto)

    15.05.2022, 16:40

    Epizodik rollari bilan ham tomoshabinlar yodida qolgan rossiyalik aktrisalar (foto)

    15.05.2022, 11:42

    Instagram: O‘zbekistonni tark etgan Alisher Uzoqov, eri bilan yarashganini inkor etgan Maryam Tillayeva, Ozoda konsertidagi g‘ayrioddiy holatlar

    14.05.2022, 22:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.