Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Aprel oyida Buyuk Britaniyada inflyatsiya 9 foizga ko‘tarildi. Bu 1982-yil mart oyidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir, o‘shanda inflyatsiya 9,1 foizga yetgan edi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: Bloomberg

Foto: Bloomberg

2022-yil mart oyida inflyatsiya 7 foizni tashkil etgan edi. Buyuk Britaniya Milliy statistika xizmati (ONS) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoning bir qator mamlakatlarida COVID-19 pandemiyasining qayta avj olishi va harbiy mojarolar sharoitida energiya, yonilg‘i va mahsulotlar narxlarining oshishi inflyatsiyaning asosiy omili bo‘ldi.

Aprel oyida Buyuk Britaniyaning gaz va elektr energiyasi uchun o‘rtacha to‘lovi yiliga 700 funt sterlingga oshib, 2 000 funt sterlingga yetdi.

ONS ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning aprelini qo‘shganda, 12 oy ichida tabiiy gaz 95,5 foizga, elektr energiyasi 53,5 foizga, avtomobil yoqilg‘isi narxi 31,4 foizga ko‘tarilgan. 

Bundan tashqari, shu vaqt ichida mebel va texnik xizmat ko‘rsatish sezilarli darajada – 10,7 foizga, restoran va mehmonxonalar – 8 foizga, oziq-ovqat va alkogolsiz ichimliklar – 6,7 foizga oshgan. 

Aprel oyida benzinning o‘rtacha narxi litriga 1,62 funt sterlingga yetdi. Bu yonilg‘i uchun eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bir yil avval benzin litri 1,26 funt sterling edi.

Ayni paytda Angliya banki yil oxirigacha inflyatsiya 10 foizgacha ko‘tarilishini bashorat qilmoqda, bu esa ishsizlikning keskin ko‘payishiga olib keladi.

Avvalroq Angliya banki asosiy stavkani so‘nggi 13 yillikdagi eng yuqori darajaga oshirgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi